О‘zbekiston r espublikasi



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Poliamidlar.
Amino kapron kislotalarini polikondensatsiya qilish 
yo‘li bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga 
chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari 
chiqarilsa o‘chadi. Issiqligida ip bo‘lib cho‘ziladi. Polimerlar, asosan, 
«Navoiyazot» birlashmasida ishlab chiqariladi. Tovar ishlab chiqarishda 
uch xil shaklda ishlatiladi.
1. 
Kapralon ipi
. Kiyim cho‘tkalarining qilini tayyorlash uchun 
foydalaniladi.
2. 
Karbamid plyonkasi
. Qaynatib pishirilgan qazi va dudlangan 
pishloqlarni qadoqlash uchun ishlatiladi.
3.
 Kapron tolasi.
Xotin-qizlar paypog‘i, avtomashina pokrishkasi va 
baliq ovlash to‘rlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Efiroplastlar.
Organik kislotalar va ko‘p atomli spirtlar reaksiyasi 
natijasida olinib, tovar ishlab chiqarishda to‘rt xil holatda ishlatiladi.
1. 
Lavsan plyonkasi.
Pishiq hamda tiniqligi uchun parda shaklida 
magnitofon lentasi ishlab chiqarishda va go‘shtni o‘rashda foydalaniladi. 
2.
 Lavsan tolasi.
Yaxshi dazmollanishi va dazmolni uzoq vaqt 
saqlash uchun junga qo‘shib gazlama to‘qishda qo‘llaniladi.
3. 
Shisha shifer.
Shisha tolalarini glitserin va malein kislotasini 
polikondensatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan qatron bilan shimdirib 
olinadi. U sarg‘ish rangli tiniq shifer bo‘lib, yozgi binolarning tomini 
yopishda ishlatiladi.
4. 
Shisha tola anizotrop material plastmassasi.
Shisha tolalarini 
turli murakkab efirlar bilan shimdirish natijasida olingan bo‘lib, quyma 
stullar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Polimerlar va metall birikmalardan buyumlar tayyorlash
Tariflari keltirilgan bir qator polimerlar bugungi kundalik faoliyatimizda 
ko‘p uchraydi. Shulardan biri plastmassa trubalaridir. O‘zbekistonda VERO, 
AKFA, ARTPLAST nomlari bilan bir necha xildagi plastmassa trubalari 
ishlab chiqarilmoqda. Plastmassa trubalaridan ichimlik suvlari uchun 


47
vintellar, kanalizatsiya quvurlari, issiqlikni saqlash qurilmalariga issiq suvni 
yetkazib berish, issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlash va shu kabi bir qator 
ishlarni bajarishda foydalanilmoqda. Plastmassa trubasining nam ta’sirida 
yemirilmasligi va tashqi kuch ta’sirida o‘z holatini yo‘qotmasligi uning eng 
ijobiy tomonlaridan biridir. Lekin salbiy tomoni issiqqa bardoshsizligidadir. 
Plastmassa trubalariga ishlov berish juda oson. Ularni oddiy arralar, o‘tkir 
tig‘li pichoqlar bilan bemalol kesish mumkin. Trubalarni biriktirishda esa 
maxsus plastik erituvchi dazmoldan foydalaniladi. Plastmassa trubalarning 
shakllari, ko‘rinishi 20-rasmda ifodalangan. 
20-rasm. 
Plastmassa trubalar va ulash jihozlari: 
a
– to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazgich; 
b
– ulagich; 
d
– tarmoqlagich; 
e
– truba.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin