51
Aluminiy va uning qotishmalaridan mashinasozlikda, xususan,
samolyot
sozlikda, asbobsozlik va elektr sanoatida keng foydalaniladi.
Alumin yaxshi prokatlanish va shtamplanish xususiyatiga ega. U cho‘yan
va po‘latdan uch marta yengil. Tabiatda alumin sof holatda uchramaydi,
ammo u 250 dan ortiq elementlar bilan birikkan holda uchraydi. Alumin
qotishmasi – silumin va duralumin mashinasozlikda eng ko‘p
tarqalgan
rangli metalldir.
Mis
– nisbatan zichroq, qizg‘ish rangli metall bo‘lib, u cho‘ziluvchan-
lik, plastiklik, yuqori koeffitsiyentli ishqalanish,
issiqlik va elektr
tokini yaxshi o‘tkaziSh xossalariga ega. Shuning uchun undan elektr
simlari, radiator quvurlari,
polosalar, tasmalar, quvurlar va suv bosimini
o‘lchovchi asboblar, armaturalar, podshipniklar va hokazolar yasaladi.
Sanoatda misning rux, qalay, alumin, kremniy va boshqa elementlar
qotishmalaridan keng foydalaniladi.
Mis asosan latun va bronza
qotishmalari holida ishlatiladi.
Qalay
– kumushsimon-oq metall. Sof qalay juda yumshoq va
tayoqcha shaklida quyilgan bo‘ladi, buklansa, qirsillaydi.
Boshqa
metallar bilan qotishgan qalay qirsillamaydi. Qalaydan po‘lat listini
himoyalovchi qoplama sifatida foydalaniladi va undan qalayli bronzalar,
yumshoq kavsharlar hamda qotishmalar tayyorlanadi.
Rux
– o‘rtacha qattiqlikdagi, ko‘kimtir-kumushsimon, yalti roq metall
bo‘lib, sindirilsa, yaltiroq kristallari ko‘rinadi. Ochiq havo da saqlanganda
xiralashib, yupqa, lekin zich oksid pardasi hosil qiladi, bu parda metalni
oksidlanishdan saqlaydi. Ruxdan po‘lat listini himoyalovchi qoplama
sifatida va qotishmalar hamda kavsharlar tayyorlashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: