45
Teflon.
Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh
bera olganligi uchun organik platina deb ataladi.
Undan tovalarning
ichini qoplashda foydalaniladi. Bunday tovada masalliqni yog‘siz
qovurish mumkin.
Polikondensatsion plastmassalar.
Polikondensatsiya deb, to‘yingan
turli uglevodlarning birikishi natijasida yuqori molekulali organik hamda
qo‘shimcha
moddalar, masalan, suv hosil bo‘lish reaksiyasiga aytiladi.
Polikondensatsion plastmassalar sakkiz guruhga bo‘linadi.
Fenoplastlar.
Bular fenol va formaldegidning qo‘shma polimeri-
zatsiyasi natijasida olinadi.
Fenoplastlar yonmaydi, ammo issiqlik
ta’sirida zaharli fenol chiqaradi. Xalq xo‘jaligida
ikki holatda ish-
latiladi:
1.
Karbolit
. Fenolformaldegid qatroniga bo‘r va tuyilgan yog‘och
massasi qo‘shib olinadi. Bundan akkumulatorlar idishi ishlab chi qariladi.
2.
Getinaks
. Qog‘oz varaqlarini fenolformaldegid qatroniga shim-
dirish yo‘li bilan olinadi va texnik murakkab tovarlarning ba’zi qismlari
uchun ishlatiladi.
Aminoplastlar.
Bular melamin va formaldegidning qo‘shma po-
limerizatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Yonmaydigan va bezarar
plastmassa. U
ni ishlab chiqarishni dastlab o‘tgan asrning 20-yillarida
avstriyalik kimyogar F.Pollak yo‘lga qo‘ygan. Tovar ishlab chiqarishda
uch xil shaklda qo‘llaniladi.
1.
Metalit
. Melaminoformaldegid qatroniga bo‘r va tuyilgan yog‘och
massasi qo‘shib olinadi. Undan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun
idishlar ishlab chiqariladi.
2.
Yupqa qatlam
. Qog‘ozga melaminoformaldegid yoki mochevino-
formaldegid qatroni shimdirib olinadi. Yog‘och – payraha taxtalar
(DSP) ustini qoplash uchun ishlatilgani sababli qog‘oz qatlamli bezash
plastikasi nomi bilan yuritiladi.
3.
Mipora
. Melaminoformaldegid yoki
mochevino-formaldegid qat-
ronini ko‘pirtirish natijasida olinib, qurilishda
issiqlikni saqlaydigan
qatlam sifatida ishlatiladi.