О‘zbekiston r espublikasi



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Chak-chak tayyorlash 
Jihozlar 
S
irlangan tog‘oracha, taxtakach, o‘qlov, qozonchovli, pichoq, sirlangan 
kostrulka, cho‘mich, kapgir, likopchalar.
Kеrakli masalliqlar:

kg
un, 10 dona tuxum, 0,5 choy qoshiq tuz, 
0,5 choy qoshiq osh sodasi, 500 
g
asal, 2 stakan shakar, 1 
kg
o‘simlik yog‘i.
Ishni bajarish tartibi
1. Tuxumni sirlangan tog‘oraga solib, yaxshilab ko‘pirtiriladi, tuz va soda 
qo‘shilib aralashtiriladi hamda un qo‘shilib yumshoq xamir qoriladi.
2. Хamir 20–30 daqiqa tindirilib, kichkina zuvalachalarga bo‘linadi va 
2
mm
qalinlikda yoyiladi (16-rasm, a, b).
3. Yoyilgan xamirning yarmiga o‘simlik yog‘i surtiladi va xamir ikkiga 
buklanadi (16-rasm, d, e). 
4. Yoymadan eni 2–3 
sm
li tasmalar kеsib olinib, 2–3 
sm
kеnglikda ugralar 
kеsiladi (16-rasm, e, f).
a)
b) 
d) 
e) 
f)
g) 
h) 
i)
16-rasm. 
Chak-chak tayyorlash jarayoni.


127
5. Qizdirilgan o‘simlik yog‘iga ugralarni oz-ozdan solib, tilla rangga 
kirguncha qovurib olinadi. Bunda maxsus tayoqcha bilan aralashtirib 
turiladi. Bu ugralarning buralib, ya’ni gajak bo‘lib pishishiga olib kеladi 
(16-rasm, g).
6. Sirlangan kastrulkaga asal solib olovga qo‘yiladi, u erib suyulgach
shakar qo‘shib aralashtiriladi (ayrim hollarda 0,5 stakan suv ham solish 
mumkin).
7. Hammasi 10–15 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra sovuq suvda qiyomning 
tayyor bo‘lganligi tеkshiriladi (agar qiyom suvga tomizilganda qotsa 
tayyor bo‘lgan hisoblanadi).
8. Chak-chak ugralarini gajak chiqmaganlarini tog‘oraga solib, qiyomni 
sovimasdan cho‘michda ugralarga quyib kapgirda aralashtiriladi. 
9. So‘ngra likopchalarga solinib, qo‘l bilan bosib yopishtiriladi (qo‘l 
kuymasligi va ugralar yopishishmasligi uchun oldin kaft sovuq suvga 
tеgizib olinadi).
10. Uning ustidan chiroyli gajak ugralarni qiyomlab bir tеkisda tеrib 
chiqiladi, har xil shirinliklar bilan bеzatiladi (16-rasm, h, i). 

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin