О‘zbekiston r espublikasi


Yog‘och va metallga ishlov berishni uyg‘unlashtiruvchi xalq



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Yog‘och va metallga ishlov berishni uyg‘unlashtiruvchi xalq 
hunarmandchiligi turlari bo‘yicha ish usullari
Oddiy islimiy naqsh namunalarini o‘yish.
O‘ymani bajarish uchun 
bitta iskanalar to‘plami, yog‘och taxtachalar, qora qalam, chizg‘ich, 
o‘chirg‘ich, jilvir qog‘ozi zarur. O‘ymaning sifatli chiqishi iskanalar 
bilan bir qatorda yog‘och materiallarga ham bog‘liq. O‘ymakorlikda 
ishlatiladigan yog‘och materiallar qattiq, puxta, namga va chirishlarga 
chidamli kam butoq, silliq, to‘g‘ri va yorilmagan bo‘lishi talab etiladi. 
Dastlab taxtacha kerakli o‘lchamda kesib, randalab olingandan so‘ng, 
avval yirikroq, so‘ngra esa mayin jilvir qog‘ozida jilvirlab tekislanadi. 
O‘yishda yong‘oq, o‘rik, qora qayin, mirzaterak kabi yog‘ochlar qo‘l 
keladi. 
Tekislangan yuzaga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan axta yordamida 
naqsh tushirilib qora qalamda chizib chiqiladi. So‘ngra naqshning har bir 


40
elementini, qismini, turini va guruhini o‘yishda «Oddiydan murakkabga
osondan qiyinga» tamoyiliga rioya qilgan holda amalga oshirish lozim. 
Naqshlarning qanaqa guruhlarga mansubligi, o‘ymaning yirik va 
maydaligiga qarab, dastlab yarim gajak, gajak, novdalari, tanoblari baliq 
sirtli iskana bilan kesib chiqiladi. Hoshiyaning chetlari esa kurka iskana 
yordamida kesiladi. Naqsh atrofi to‘liq kesib bo‘lingach, maxsus uchi 
egik iskana bilan naqshning zamini o‘yilib chuqurlashtiriladi. O‘yma 
zaminini tekislashda esa to‘g‘ri iskanalardan foydalaniladi. Islimiy 
naqshlari 0,5 
sm
dan 1 
sm
gacha bo‘lgan chuqurlikda o‘yilib, so‘ngra 
chaqichlanadi.
O‘yma to‘liq bajarib bo‘lingach, naqsh turiga mos pardoz tanlanadi. 
Biz o‘yayotgan 9 ta yo‘l ichidagi oddiy islimiy naqsh namunasida deyarli 
pardozning murakkab turlari uchramaydi, faqatgina chizma pardoz bilan 
chegaralanadi. O‘yish sir-asrorini o‘rganayotgan tolibga dastlab o‘yishni 
egallab olishi, so‘ngra pardozning pax (yoyma), choka (yorma), lo‘la va 
tabaqa turlaridan bemalol foydalanishlari mumkin.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin