64
Frezalar – ko‘p lezviyali asbob. Har bitta tishi keskich rolini o‘ynab,
qirindini vergulsimon qilib oladi. Ish paytida bitta yoki bir nechta tish
qatnashib, qolganlari shu vaqt ichida sovib ulguradi. Shunday qilib,
frezalar tishi navbatma-navbat ishlaydi.
Frezalar tez kesuvchi P6M5, P6M5K5, P18 po‘latlardan yoki
qattiq DK6, BK8 qotishmalaridan tayyorlanadi. Freza tishning old
yuzidan qirindi chiqariladi, orqa tomoni esa ishlov berilayotgan detalga
qaratilgan.
Rasmda frezaning asosiy burchaklari ko‘rsatilgan: o‘tkirlik burchagi
p 50–70°, orqa burchak 12–30°, oldingi burchak va kesish burchagi
(35-rasm).
Dostları ilə paylaş: