42-rasm.
Keskich elementlari:
1 – kallak; 2 – qo‘shimcha kesuvchi uch;
3 – bosh kesuvchi uch; 4 – oldingi yuz;
5 – sterjen; 6 – suyanchiq yuz; 7 – bosh
orqa yuz; 8 – keskich cho‘qqisi; 9 – orqa
yordamchi yuz.
41-rasm.
Keskichlar:
a – butun; b – payvandlangan;
d – kavsharlangan; e – ulama.
Keskich burchaklari (oldingi – 4, bosh orqa – 3, qirqish – 2,
o‘tkir lik – 8) bosh qirquvchi uchning asosiy yuzaga perpendikular
bo‘lgan bosh qirquvchi yuzalar o‘lchanadi (42-rasm). Oldingi burchak
keskichning oldingi yuzi bilan qirqish yuzga perpendikular bo‘lgan
tekislik orasidagi burchak hisoblanadi. Qanchalik oldingi burchak katta
bo‘lsa, shunchalik qirindi oson olinadi, lekin qirqish kuchi kamayadi.
Shuning uchun yumshoq materialga ishlov berganda oldingi burchakni
katta qilish mumkin. Bu odatda, 8–30° ni tashkil etadi.
a)
b)
d)
e)
69
Bosh orqa burchak – bosh orqa yuz bilan qirqish tekisligi orasidagi
burchak deyiladi. Bu burchak ishlov berilayotgan detal bilan keskich
orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun kerak (odatda, 6–12°). Orqa
burchak juda kichkina bo‘lganda ishqalanish shunchalik katta bo‘ladiki,
natijada keskich qizib ishdan chiqadi.
O‘ta katta orqa burchak ham keskichning issiqlik rejimini buzadi
va uning mustahkamligini pasaytiradi (43-rasm). Keskichni keskich
ushlagichdagi joylashish holatiga qarab, orqa burchakning o‘zgarishi
ko‘rsatilgan.
43-rasm.
Keskichning asosiy
burchaklari.
44-rasm.
Joylashishiga qarab keskich orqa
burchagining o‘zgarishi.
Keskich o‘rnatish.
Keskich ushlagichda shunday o‘rnatiladiki, kes-
kich uchi shpindel o‘qidan tepada turishi kerak. Keskich balandligini
o‘lchash uchun burchakli shablondan foydalaniladi (45-rasm, d).
Agar keskich uchi markazlar chizig‘idan past bo‘lsa, uning tagiga
yumshoq po‘latdan planka qo‘yiladi (45-rasm, a). Keskichning to‘g‘ri
joylanganligini orqa markaziga nisbatan tekshiriladi (45-rasm,b).
Keskichning chiqib qolgan joyi uning qalinligidan bir yarim uzunlikdan
oshmasligi kerak (45-rasm, a).
Qo‘pol ishlov berilgan paytda keskich ishlov berilayotgan detal
o‘qidan 0,5–1
mm
baland joylanishi kerak. Qattiq materiallarga ishlov
berilganda keskich markaziy chiziqdan 0,5–1
mm
past joylanadi. Detalga
yakunlovchi ishlov berilganda keskich uchi detalning markaziy chizig‘i
bilan teng joylashtiriladi.
|