75
mahkamlanadi. Uchida posongi bo‘lgani uchun u o‘z-o‘zidan tushib
ketmaydi. Qirqiladigan list planka yordamida richagga qisiladi.
Richagli qaychilarning tig‘lari oralig‘i kichik bo‘lishiga va richagning
puxta mahkamlanishiga e’tibor berish kerak.
Ularda zagotovkani qisib turadigan bostirma bo‘lishi lozim, chunki
qirqish paytida buyumni to‘ntarishga intiluvchi kuch momenti paydo
bo‘ladi va ishchi uni ushlab turishga kuchi yetmaydi.
Metallni qirqish uchun richag keskin tushiriladi, so‘ngra kuch bilan
bosib oxirigacha qirqiladi.
Qaychilar bilan qirqishda juda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda
detalning o‘tkir uchlari va qirralari bilan qo‘lni kesib olish mumkin.
Qo‘lqop kiyib ishlash tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: