87
Kuchlanish transformatori va generator lampasi bor magnetron
mikroto‘lqinlar manbayi bo‘lib xizmat qiladi. To‘lqin taqsimlagich
mikroto‘lqinlarning tarqalishini kamera rezonatorda bir tekis taqsim-
lay
di. Oziq-ovqat mahsulotlariga yo‘naltirilgan mikroto‘lqinlar suv
molekulalarini tebranish harakatga keltiradi. Molekulalarning ishqalani-
shidan hosil bo‘lgan issiqlik ovqatni pishiradi (qovuradi).
Ovqatni faqat 100°C gacha isitish mumkin. Mikroto‘lqinlar uzoq
muddat ta’sir qilganda suv bug‘lanib ketadi va ovqat kuyadi. Mikroto‘l-
qinlarning asosiy afzalligi shundaki, bunda issiqlik ovqat tayyorlashning
boshqa har qanday tizimida bo‘lgani kabi (kastrulka – suyuqlik – oziq-
ovqat mahsuloti) oziq-ovqat mahsulotidan tashqarida emas, balki uning
o‘zida hosil bo‘ladi.
Mikroto‘lqinlar har tomondan ovqatga faqat 2,5 sm kirganligi uchun
nometall idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shisha, chinni, fayans,
karton va sintetik materiallarda tayyorlangan idishlardan foydala-
nish mumkin. Aluminiy qatlamidan, shuningdek, metalldan qilingan
manzarali ba’zi (masalan, oltindan tayyorlangan gardishli) bor metall
idishlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
O‘YUCH pechlari ovqat tayyorlash uchun universal asbob emas.
Bundan tashqari, ular qimmat turadi, elektr himoya ishonchli bo‘lishini
talab qiladi, qo‘llar to‘satdan kamera rezonatoriga tushib qolishining
oldini olish uchun eshiklarni qo‘shaloq va undan ortiq blokirovka
qilinishini talab qiladi. Shunisi muhimki, mikroto‘lqin pechlari
O‘YUCH energiyasini atrof-muhitga juda ham kam sirqitadi. O‘YUCH
energiyasining sochilish quvvati pech qobig‘ining har qanday nuqtasidan
50 mm masofada 1mkVt/sm
2
dan ortib ketmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: