88
Elektr qurilmalar, elektr simlari nosoz bo‘lganda, texnik ekspluatatsiya
qilish qoidalari va xavfsizlik texnikasiga oid instruksiyalar ishdan
chiqqanda uy-ro‘zg‘or elektr asboblari bilan ishlagan paytda elektr toki
bilan jarohatlanish xavfi tug‘ilishi mumkin.
0,06
A
li tok kuchi inson hayoti uchun xavfli, 0,1
A
tok
esa halokatli
hisoblanadi.
Kuchlanishi 36
V
dan ortiq bo‘lgan asboblar bilan ishlaganda
xodimlarni tok bilan jarohatlanishdan saqlash
uchun elektr tokidan
izolatsiyalovchi himoya vositalaridan (dielektrik qo‘lqoplar, dastasi
izolatsiyalangan asbob-uskunalar va hokazolar) foydalanishlari kerak.
Himoya vositalari «Elektr qurilmalarida ishlatiladigan himoya vositalari-
dan foydalanish va ularni sinash qoidalari»ga javob berishi kerak.
Issiqlik relesining tuzilishi va ishlash prinsipi
Elektr qurilmalarini ishga tushirish va himoya qilish maqsadlarida
qo‘llanadigan relelar amalda eng ko‘p tarqalgan issiqlik relelaridir.
Issiqlik relelari faqat himoya relelari sifatida va ishga tushirish –
himoya
relelari sifatida ishlab chiqariladi. Himoya issiqlik relelari bimetall
plastina
va isitkichdan tarkib topsa, ishga tushirish himoya relelari
elektromagnit va issiqlik himoya relelari to‘plamidan iborat bo‘ladi.
2
1
4
3
52-rasm.
Issiqlik relesining tuzilishi: 1 – bimetall yaproq; 2 – qayta ishga
tushiruvchi tugma; 3 – prujina; 4 – bimetall yaproq tutqichi.
89
Issiqlik relesi (52-rasm) uchta asosiy qismdan: elektr isitkich – EK,
bimetall yaproq tayanch (plastinka) 1 va normal holatda berk bo‘ladigan
kontaktlar (KK)dan iborat. Bimetall yaproq tayanchi (plastinka) issiqlikdan
chiziqli kengayish koeffitsient (O
1
va O
2
)lari turlicha (a
1
< a
2
) bo‘lgan
ikki metall yaproqchalar (plastinkalar)ni bir-biriga
qizdirib yopishtirish
yoki payvandlash yo‘li bilan olinadi. Ma’lumki, O
1
va O
2
bo‘lgan
bimetallning bir uchi qo‘zg‘almas qilib mahkamlansa va qizdirilsa,
u chiziqli kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan tomonga og‘adi.
53-rasmda (a)
bimetall yaproqni
qizitil magan holati, 53-rasmda (b) esa uni
qizitil gandan keyingi holati ko‘rsatilgan.
Issiqlik relelarida chiziqli kengayish
koeffitsienti o‘ta kichik bo‘lgan invar
(ya’ni nikel va temir qotishma) va chiziqli
kengayishi yuqori bo‘lgan sirti nixrom–
nikel bilan qoplangan magnitlanmaydigan
po‘latdan keng foydalaniladi. Bimetall
qancha uzun va yupqa bo‘lsa, uning og‘ishi
shuncha yuqori bo‘ladi. Bimetallning qizishi uning o‘zidan o‘tadigan
iste’molchi toki yoki iste’molchi toki va maxsus elektr isitkich o‘rnatish
tufayli vujudga keladi. Amalda bu oxirgi usul keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: