О‘zbekiston r espublikasi


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Mustahkamlash uchun savollar
1. Bir lampali yoritqichning prinsipial sxemasini tasvirlab bering. 
2. Ikki va uch lampali yoritqichning prinsipial sxemasini tasvirlab bering.


91
3. Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilishda nimalarga 
e’tibor berish kerak? 
Elektromagnitlar va ularning qo‘llanilishi. Elektromagnitning 
tuzilishi va ishlashi bilan tanishish 
Amaliy mashg‘ulot
Elektromagnitdan foydalanib, kompleks buyum detallarining konstruk-
siyalarini ishlab chiqing va tayyorlang.
Elektromagnit quyidagi tuzilishga ega: izolatsiyalangan simdan 
tayyorlangan va ichiga yumshoq o‘zak joylangan g‘altak elektromagnit 
deb ataladi. Elektromagnitlarning shakli va o‘lchamlari har xil, lekin 
hammasining tuzilishi bir xildir. Elektromagnitning g‘altagi karkasdan 
iborat bo‘lib, asosan, elektrokarton yoki fibrdan tayyorlanadi va 
elektromagnitning vazifasiga qarab turli shaklda bo‘ladi. 54-rasmda 
elektromagnitning tuzilishi ko‘rsatilgan: a) karkas – 1 ga izolatsiyalangan 
mis sim (PE, PEL, PELSHО, P6D)dan bir necha qavat o‘raladi, uni 
elektromagnit cho‘lg‘ami – 2 deb ataladi. Elektromagnitlar vazifasiga 
ko‘ra cho‘lg‘amdagi o‘ramalar soni turlicha bo‘lib, diametri har xil 
bo‘lgan simlardan tayyorlanadi.
54-rasm. 
Elektromagnit.


92
Cho‘lg‘amning izolatsiyasini mexanik shikastlanishdan saqlash 
uchun uni bir necha qavat izolatsiya qog‘ozi yoki boshqa izolatsiya 
ashyosi – 3 bilan qoplanadi. Cho‘lg‘amning uchini va oxirini tashqariga 
chiqarib, karkasga mahkamlangan chiqarish qisqichlari – 4 yoki oxirida 
uchligi bor egiluvchan simlarga biriktiriladi. Elektromagnit g‘altagi 
o‘zak – 5 ga kiydiriladi; b) o‘zak ashyosi sifatida bo‘shatilgan po‘lat 
yoki temirning kremniy va nikel qotishmasidan foydalaniladi. O‘zaklar 
ko‘pincha bir-biridan izolatsiyalangan, alohida yupqa plastina – 6 lardan 
tayyorlanadi. 
Elektromagnitlar texnikada: ko‘tarma kranlar, elektrodvigatellar, 
elektr qo‘ng‘iroqlari, telefon, telegraf, turli avtomatlar, rele va 
hokazolarda qo‘llaniladi.
Elektromagnit – sun’iy magnit hisoblanadi. Magnit maydoni feromag-
nit o‘zakni o‘rab olgan chulg‘amlardan elektr toki o‘tishi natijasida 
paydo bo‘ladi va konsentratsiyalanadi. Elektromagnitlar texnikaning 
ko‘p sohalarida, jumladan, transport, telegraf, radio, televide niye, elektr 
mashinalari va elektr apparatlarida magnit maydonini hosil qilishda, 
yuklarni ko‘tarishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Elektromagnit maydonining ta’sir 
kuchi qanday parametrlarga bog‘liqligini 
ko‘raylik (55-rasm). Zanjirga ulangan 
elektromagnit uchiga yaqin qilib yakor 
deb ataluvchi temir plastina dinamometr 
orqali osilgan kalitni ulasak, yakor 
g‘altakka tortiladi. Yakorning g‘altakka 
tortilish kuchi dinamometr yordamida 
o‘lchanadi. Reostat yordamida g‘altak-
dagi tok ikki marta orttirilsa, yakorning 
g‘altakka tortilish kuchi ham ikki marta 
ortadi. Tok kuchi necha marta orttirilsa, 
g‘altakning tortishish kuchi shuncha 
marta ortadi. Elektromagnitning temir 
yakorni tortish kuchi tok kuchiga va 
55-rasm. 
Elektromagnit 
maydonning ta’sir kuchini aniqlash.


93
g‘altakning uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan o‘ramlar soniga to‘g‘ri 
proporsionaldir.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin