95
relening yakori o‘zakka tortiladi va ish zanjirini ulaydi.
Bu zanjirga
elektr qo‘ng‘irog‘i ulangan bo‘lib, u xavfdan darak beradi.
О‘quvchilarga mana shu va keyingi mashg‘ulotlarda elektromagnitli
relening turlaridan birining konstruksiyasini ishlab chiqish, unga
chizmalar tuzish, detallarini tayyorlash va yig‘ish tavsiya qilinadi. Bu
ishning hajmi ancha kattaligi uchun uning bir qismini o‘qituvchining
topshirig‘iga binoan uyda mustaqil holda bajarilishi (chizma, texnologik
karta, rasm va hokazolarni tayyorlab kelishlari) lozim bo‘ladi.
Ularga
namuna sifatida elektromagnitli relening konstruksiyalaridan biri beriladi
(58-rasm).
58-rasm.
Elektromagnitli relening asosiy elementlari.
О‘quvchi uni sinchiklab o‘rganishi, zarur bo‘lsa, tayyorlashi kerak.
Mazkur elektromagnitli relening konstruksiyasi
quyidagi asosiy
elementlardan tashkil topgan: 1 – tutashtiruvchi mexanizm; 2 – elek-
tromagnit; 3 – kontakt stoykasi. Bu elementlarning har biri o‘z navbatida
qator detallardan iborat. Masalan, 59-rasmda
reledagi tutashtiruvchi
mexanizm
ning tuzilishi tasvirlangan. Relening detallarini tayyorlashda
ularning o‘lchamlarini qo‘yish o‘qituvchi va o‘quvchilar ixtiyoriga
havola qilinadi.
О‘qituvchi yuqoridagi mavzuni o‘quvchilar
ongiga singdirganidan
so‘ng o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni beradi. Savol-javobdan
so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga relening qismlarini ajratishni topshiriq
96
qilib beradi. О‘quvchilar olgan bilimlariga
tayangan holda releni
qismlarga ajratadi va qayta tiklaydi.
Amaliy mashg‘ulot
Elektrotexnik doskaga elektr konstruktor detallaridan foydalanib,
elektr
qo‘ng‘iroqni yig‘ing.
Dostları ilə paylaş: