Nika qo'zg'oloni cho'kishi Yana bir marta imperator Yustinian imperatorlik qo'shinlari bilan isyonchilarga hujum qilish uchun General Belisariusni yubordi. Hipodrom bilan chegaralangan janjallarning aksariyati umumiy natijalaridan farq qiladi: Olimlar taxminan 30 mingdan 35 minggacha odamni so'yishgan. Ommaning ko'pchiligi qo'lga olinib, qatl etildi, shu jumladan badbaxt Hypatius. Bunday qirg'in qarshisida isyon ko'tarilib ketdi.
Nika isyonidan so'ng O'lim qurbonlari va Konstantinopolning keng tarqalib ketishi qo'rqinchli edi va shahar va uning xalqi tiklanishi uchun bir necha yil kerak bo'lardi. Isyondan keyin hibslar davom etar edi va ko'p oilalar isyonga aloqadorligi sababli hamma narsani yo'qotishdi. Hippodrom yopildi va poyga besh yilga to'xtatildi.
Ammo Yustinian uchun, g'alayon natijalari uning foydasiga juda ko'p edi. Imperator bir nechta badavlat mulkni musodara qilibgina qolmasdan, u o'z ofislariga, jumladan, Kappadokiya yo`lini ham olib ketishga rozi bo`lgan mansabdor shaxslariga qaytib keldi - garchi ularning qarzlari ularni to`xtatib, O'tmishda ishlaganman. Va isyonchilar ustidan g'alabasi, unga haqiqiy hurmatsizlik bo'lmasa, unga yangi hurmat tiladi. Hech kim Yustinianga qarshi harakat qilishni istamadi va endi u o'zining barcha talabchan rejalari bilan - shaharni qayta qurish, Italiyadagi hududni qayta tiklash, uning qonun-qoidalarini bajarish va boshqalar bilan birga ketishga muvaffaq bo'ldi. U, shuningdek, senatorlik sinfining vakolatlarini cheklab qo'yadigan qonunlarni va unga va uning oilasiga qarashni boshladi.
Nika qo'zg'oloni qaytib keldi. Yustinian halokatga uchraganiga qaramasdan, dushmanlari ustidan g'alaba qozonib, uzoq va samarali hukmronlik qilardi.
2.2. Sharqiy Rim imperiyasi G'arbiy Rim imperiyasi qulagandan keyin ham sharqiy Rim imperiyasi yana uzoq vaqt yashab keldi. sharqiy rim imperiyasi ham Rim imperiyasi nomi bilan faoliyat ko'rsatdi. Ularning asosiy tili grek tili bo'lib "Vizantiya imperiyasi" degan nom bilan yuritildi. Qadimgi poytaxt nomi Vizantiya bo'lib, 330 yilda konstantin Buyuk bu shaharga Konstantinapol deb nom bergan edi. ayrim tarixchilar xuddi shu yildan boshlab, Vizantiya imperiyasiga asos solingan deb hisoblasalar, lekin tarixchilarning ko'pchiligi Vizantiya imperiyasi 395 yilda, yani Feodosiy I o'lgach, imperiya uning o'g'illari o'rtasida taqsimlanib, sharqiy Konstantinapol shahri bilan birga Arnadiyga o'tgan vaqtda tuzilgan deb hisoblaydilar.
Bolqon yarim orolidan va egey dengizidagi ko'pdan - ko'p orollardan tashqari, Vizantiya imperiyasiga yana kichik Osiyo, Suriya bilan Falastin, Misr Mesopatamiya bilan Zakovkazvening bir qismi, Qirmning Janubiy qirg'oqlari kirar edi.
Sharqiy Rim imperiyasidagi iqtisodiy munosabatlar G'arbiy Rimga nisbattan ancha taraqqiy topgan va mustahkam bo'lgan Sharqaiy Rim imperiyasi territoriyasida Misrdagi Aleksandriya, suriyadagi Antioxiya, kichik Osiyodagi Smerna va Efes, Bolqon yarim orolidagi Konstantinapol va Fesalonika kabi rivoj topgan savdo - sotiq markaz shaharlari bor edi. Ayniqsa III asrlarda Saksoniylar podsholigi davrida savdo munosabatlari avj olgan edi.
Bu shaharning yana bir slovyancha nomi - solun edi. Sharqiy Rim imperiyasida quldorlik tuzumi G'arbiy rimda nisbatdan ancha uzoq davom etdi. Buning asosiy sabablari:
Imperiyaning sharqiy viloyatlarida qishloq xo'jaligida quldorlik katta rol o'ynamadi.
Sharqiy Rim ekonomikasida qullar bilan bir qatorda erkin hunarmandlar va qishloqlardagi jamoachi dehqonlar katta o'rin tutar edi.
Xiyla ko'p sonli mustaqil dehqonlar qisman qadimiy iptidoiy tuzumni saqlab qolgan bo'lib, Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida isteqomat qilar edilar.
Shu bilan birgalikda bu yerlarda greklarning ellin tili qadimiy grek shahar - davlat tuzulishining anchagina tomonlarini o'zida saqlab qolgan. Turli diniy e'tiqodlarning mavjudligi ularning o'zaro aralashib kelishi Grek - Vizantiya hokinyatining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Ammo ayrim viloyatlarning etnik, maishiy, diniy tafovutlari tamoman yo'q bo'lib ketmagan edi. Vizantiyaning bundan keyingi butin bir tarixida bu narsa keskin sezilib turdi.
Vizantiyaning etnik , ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning varvarlarga bo'lgan munosabatlari bilan o'zgacha xarakterga ega edi. Varvar qabilalari Vizantiyaga hujum qila olmadilar vizantiyaliklar ostgotlar, vestgotlar va boshqa german qabilalarining hujumlarini qaytara oldilar. Vizantiya imperiyasida hatto V - VI asrlarda ham quldorlik tuzumi yashab kelayotgan edi. VI asrlarda G'arbda varvarlar tomonidan bosib olingan viloyatlarda qaytadan tiklashga ha vizantiyaliklar harakat qilgan edilar.
Shu bilan birgalikda Vizantiya imperiyasida ijtimoiy tuzum sohasidagi an'analarning saqlanib qolinishi bilan birga unig ijtimoiy tuzumi feodalizm tomon tezlashib bordi. Bolqon yarim orolidagi bir qancha territoriyalarni bosib olgan Slovyanlar bu yerda (G'arbda bo'lgani singari Bilgariya, Serbiya, Xorvatiyani barpo qildilar) qisman vizantiya qo'lida saqlanib qolgan territoriyaga dehqon-kolonist bo'lib ко'chib keldilarva bu yerga o'zlari bilan birga ibtidoiy - jamoa tuzumi tartiblarini olib keldilar. Shunday qilib, Germanlar G'arbiy Rim imperiyasiga nisbatdan qanday rol o'ynagan bo'lsa, slovyanlar ham Vizantiya taqdirida shunday rol o'ynadilar. g'arbiy rimda ham, Vizantiya imperiyasida ham quldirlik tuzilishining yemirilishi va ancha progressivroq ijtimoiy -feodal munosabatlarning rivojlanishi uchun shart - sharoitlar yaratilishiga yordam berdi.
Yustinian zamonida Vizantiyaning kengayishi Vizantiyada quldorlik "Rim imperiyasi" mavjud bo'lgan davrda VI asrda imperator Yustinian hukmronlik qilgan vaqtda eng katta muvaffaqiyatga erishdi, yustinian 527- 565 yillarda podsholik qildi. U atoqli ma'mur edi, qonun chiqaruvchi edi, u imperiyaning Sharqiy va G'arbiy chegaralarini mustahkamlab olish edi.
U o'zidan oldin o'tgan Feodosiy dinastiyasi o'rniga kelgan yangi dinastiyaning vakili edi. Uning amakisi imperator Yustin I oddiy dehqondan chiqib, harbiy xizmatlari orqasidan, imperatorlik darajasiga ko'tarilgan.
Yustinian esa rim - vizantiya ta'limotini juda yaxshi bilgan. Yustinian davrida vizantiya germanlar, slovyanlar va boshqalarning hujumini qaytara olgan va hatto ularga hujumga o'tgan. Yustinian ilgari G'arbiy chegalarni tiklashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan yustinian sarkardalari Velizariy va Narses Shimoliy Afrikadagi Vandal korolligini ( 534 у) Italiyadagi Ostgot korolligini (555 y) va ispaniyaning Janubiy qirg'og'ini (Bitikani ) bosib oldi.
Shunday qilib, O'rta dengiz vizantiyaliklarniki bo'lib qoldi. albatta, shu bilan birga german korolliklari Vizantiyani G'arbda bosib olgan yerlaridan siqib chiqarishga harakat qilayotgan edilar. Bundan tashqari mamlakat ichki dushmanlari ham kuchayib borayotgan edi.
Yustinian o'z davlat territoriyasini mustahkamlashga intilishiga qaramay, shimolda gunlar, qisman slovyanlar bolqon yarim oroliga siljib kira boshladilar. yustinian ularni ittifoqchi federatlar sifatida joylashtirishga majbur bo'ldi . ayrimlari hatto Janubdagi Egey dengizidagi yerlarga kolanist - yer egalari sifatida kirib keldilar. Yustinian imperiyaning qrimning Janubiy qirg'ogidagi va qisman, zakavkazedagi yerlarni qaytarib oldi. Lekin u Mesopatamiyaning bir qismini Eron shohiga berishga va sulh tuzilganidan keyin unga katta-katta pul to'lab turishga majbur bo'ldi.
Shunday qilib, Yustinian ulug' davlat davlat tuzish siyosati bir qadar muvaffaqiyatli bo'lsada, unig vaqtida imperiyaning chegaralari ancha kengaygan bo'lsada, lekin keyingi davrlarda Vizantiya imperiyasi ma'lum darajada yutuqlardan mahrum bo'layotgan edi.
Yustinian podsholigi davrida Vizantiyaning ichki tarixida juda katta о'zgarishlar sodir bo'ldi. Ayniqsa, Yustinian mamlakat ichki siyosatigadaxldor bolgan qonunlar chiqarishga alohida e'tibor berdi. U atoqli yuristlardan iborat ichki komissiya Tribonian rahbarligida Rim qonunlarini to'plab tartibga solish ustida juda katta ish olib bordi. bu komissiyalarning 528 - 534 yillar mobaynida olib borilgan ish natijasida "Grajdan huquqlari to'plami" vujudga keltirildi, bu to'plam rim imperiyasidagi butun qonunlarni yakunlovchi eng katta yuridik yodgorlik bo'ldi.
1)12 tomlik Yustinian kodeksi- Rim imperatorlarining qonunlari to'plami;
2) digestlar- bu kitob 50 tomdan iborat bo'lib, Rim qonunlarni sharxlagan mashhur rim yurislarining asrlaridan olinganlarni o'z ichiga olgan edi;
3) Institutsiyalar - sudyalar va o'quvchi yuristlar uchun qisqacha yuridik qo'llanma (bir kitob)
4) Novellalar - Yustinianning kodeksiga kirmagan yangi qonunlardan (535 yildan to o'z podsholigining oxirigacha) iborat edi.
Qonunlar to'plamida quldorlik tuzumi belgilari bilan birga yangi feodal munosabatlar ( kolonat , qullarni bo'shatish ) to'g'risida ko'plab moddalarni o'rgatish mumkin . imperator hokimyati obsalyut hokimyat deb aniq yozilgan. (Imperator idorasi - qonun manbaidir). To'plamda xususiy mulkni himoya qilishga, mulkiy muomala masalalarini rasimiylashtirishga ham alohida e'tibor berilgan. Yustinianning "Grajdan huquqlari to'plami" keyingi asrlarda ayniqsa XII, XIII-XIV asrlarda G'arbiy Yevropaning turli mamlakatlarida korollar chiqargan qonunlarda Rim qonunlaridan foydalanilganini ko'rish mumkin.
Yustinian qonunlar to'plami mamlakatda quldorlik tuzumini yemirilishidan saqlash maqsadidan iborat bo'lib, u boshlangan xalq ommasining revalyutsion chiqishlariga qarshi kurashda qurol bo'lib xizmat qildi. Yutinian davrida katta - katta xalq qo'zg'alonlari bo'lib o'tgan. 532 yilda konstantinapolda bo'lib o'tgan qo'zg'alon ayniqsa kuchli edi. Bu qo'zg'olonga asosiy sabab mamlakatning qashshoqlashuvi, Konstantinapol hukmdori bo'lib turgan Ioann Koppadokiyskiyning xazinani talashi edi.
Yustinian zamonidagi qurilish Yustinian zamonida davlat mablag'larining xiyla qismi qurilish ishlariga ketdi. yustinian yuzlab qal'a va yuzdan ortiq maydaroq istehkomlar qurdirdi. Uning zamonida -vodapravodlar, yo'llar, xammomlar, teatrlar, har turli hukumat binolari qurildi. Bular orasida saroy va ibodatxonalar katta o'rin oldi. Ilk Vizantiya arxitikturarasi orasida eng muhimi ayo Safiya ibodatxonasi bo'lib, u Yustinian tomonidan 532 - 538 yillarda (“Ollohning donoligi sharafiga”) qurildi, bu ayo Safiya ibodatxonasida Ilk Vizantiya arxitekturasi uslubining xususiyatlari yaxshi aks etgan.
VI asrda Vizantiya madaniyati Ayo Safiya ibodatxonasining qurilishi o'sha davrda Vizantiyada qanchalik darajada mohir ustalar, matematiklar, injenerlar, rassomlar bor bo'lganligidan dalolat beradi. Bu davrda yaratilgan gumanitlar, asrlar hozirgacha yetib kelgan. Yustinian zamonidagi yirik tarixchi Prokopiy kesariyskiy buning misolidir. Uning «Urushlar tarixi» ( forslar, gotlar va boshqalar bilan) «Qurilishlar», «Sirli tarix» kabi asarlar yaratib qo'ydi. U o'zining asrlarida faqat vizantiyaliklar to'g'risida emas, balki qo'shni davlatlar xalqlari to'g'risida, slovyanlar, ostgotlar, vandallar va boshqalar to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar qoldirgan. Prokopiy o'zining “Sirli tarixi”da aksincha podsholik davrining sirli, qorong'u tomonlarini ochib tashlagan, ayniqsa Yustinian siyosati natijasida soliqlarning og'irlashib, xalq ommasining tobora qashshoqlashib ketganligini qayd qilgan. Vizantiyaning yana bir yirik tarixchisi
Agafiy edi. Uning "yustinian podsholik qilishi" degan asari prokopiy asarlariga ancha muhim qo'shimchalar kiritib, ularni to'ldiradi, tuzatadi, ayrim ma'lumotlarni ma'qullaydi.
Vizantiyaning VI asrdagi yirik olimlari orasida mediklardan Aleksandr Tralskiy va Pavel Egmnskiy va Anfimiy Tralskiy (bular ayo Safiya ibodatxonasining asosiy quruvchilari bo'lgan), geograflardan Kozma Indikoplavt asarlarida Afrika, Hindiston, qizil dengiz va Hind okeani to'g'risida ko'plab qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Uning koinotga nisbatdan geosentrik qarashlari o'rta asr kishilarining geografiya to'risidagi tasavvurlariga (XV oxiriga qadar) juda katta ta'sir ko'rsatgan.