O\'zbekiston Resbublikasi oliy va o\'rta maxsus talim vazirligi Qo
1. Musobaqa qoidalarining vujudga kelishi va shakllanishi. Voleybol o‘yinining dastlabki rasmiy o‘yin qoidalari 1896-yilda ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo‘lgan: - maydonchaning o‘lchami 7,6 x 16,1 m; - to‘rning balandligi 195 sm; - to‘pning og‘irligi 252-336 gr; - o‘yinchilar tarkibi chegaralanmagan; - to‘p o‘yinga maydonchani o‘ng tashqi qismida joylashgan 1x1 metrli to‘rtburchak shaklidagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo. Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilarning o‘yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham o‘zgarib, takomillashib borgan. 1900-yil – hisob 21 ochkogacha, to‘rning balandligi 213 sm; 1912-yil – maydoncha 10,6 x 18,2 m, to‘r – 228 sm; 1917-yil – hisob 15 ochkogacha, to‘rning balandligi 243 sm; 1918-yil – o‘yinchilar soni bir jamoada – 6 ta; 1922-yil – to‘pni faqat 3 marta o‘ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m; 1925-yil – to‘p 66-69 sm, og‘irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 m; 1934-yil – to‘r ayollar uchun 224 sm. Qoidalar rasmiy holda to‘liq 1946-yilda joriy etilgan, lekin 1951-yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi. 1947-yil – erkaklar o‘rtasida o‘yin 5 partiyadan iborat. 1950-yil – ayollar o‘yini 5 partiyadan iborat. 1952-yil – tanaffus 1 partiyada 2 marta. 1957-yil – tanaffus 1 daqiqadan 30 soniyagacha qisqaradi. 1961-yil – o‘yinchi almashtirish qoidasi tasdiqlandi. 233 1965-yil – to‘siq qo‘yuvchi qayta o‘ynashi (to‘pga tegishi) mumkin, u qo‘llarini raqib tomoniga o‘tkazishi mumkin. 1970-yil – chegaralovchi antenna (180 sm) joriy etildi. 1976-yil – kiritilgan to‘pga to‘siq qo‘yish. 1984-yil – to‘pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan «tegish» mumkin, to‘p o‘yinga kiritilayotganda uni to‘sish bekor qilindi. 1988-yil – eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taybreyk tarzida, ochkolar soni 2 ta farq bo‘lguncha davom etadi. 1992-yil – to‘p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin. 1998-yil – to‘p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo‘lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus olishlari mumkin; to‘p kiritish 9 metr oralig‘ida ijro etilishi mumkin; «Libero» o‘yinchisi joriy etildi. 2008-yil – to‘pni rangi o‘zgartirildi (sariq-ko‘k); to‘r oldida joylashgan o‘yinchilar to‘rni pastki qismiga tegishli mumkin. Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma’lumotlar: - maydoncha 9 x18 m, chiziqlar kengligi 5 sm; - o‘yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm; O‘yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to‘rning balandligi quyidagicha bo‘ladi: qizlar 13 – 14 15 – 16 2 m 10 sm 2 m 20 sm ayollar 17 – 18 va bundan katta yoshdagilar uchun 2 m 24 sm o‘g‘il bolalar 13 – 14 15 – 16 2 m 20 sm 2 m 35 sm erkaklar 2 m 43 sm - to‘pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og‘irligi 270±10g; 234 - har partiyada 6 o‘yinchi almashinuviga ruxsat beriladi. Asosiy o‘yinchi 1 marta almashtirilishi va qaytib o‘yinga tushishi mumkin; - o‘yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo‘ladi; - har partiyada hisob 25 gacha, agar 25:25 bo‘lib qolsa eng yuqori hisob 2 ochko farq qilguncha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taybreyk tarzida o‘tadi 15 ochkogacha, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadi. Jazo «ayb»ga yarasha bo‘lishi shart. Bordi-yu hakam xatoga yo‘l qo‘ysa, u o‘z vaqtida bu xatoni bo‘yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zarur. Hakam nafaqat o‘yin davomida o‘z odobi bilan namuna bo‘lishi, balki u boshqa joylarda ham o‘zini tuta bilishi kerak. Hakamlar: birinchi hakam (minbardagi hakam); - ikkinchi hakam; - hakam-kotib; - axborot beruvchi hakam; - 4 ta chiziq hakamlari; - 6 ta to‘p uzatib turuvchilar. Hakamlarning har birini o‘z vazifasi, huquqlari, hakamlik qilish joylari va vositalari mavjud. Ularni atroflicha talqini ma’ruzada og‘zaki va o‘quv filmlari yordamida bayon qilinadi, tushuntiriladi. Musobaqa o‘yinidan 20-30 min oldin maydonchani, anjom (to‘p, to‘r, maydon chiziqlari), hakamlarni kiyim-bosh, tayyorgarligi, xullas, o‘yinni o‘tkazishga nima, kim, qancha kerak bo‘lsa, hammasining muhayyoligi birinchi hakam tomonidan tekshirilishi kerak va zaruriyat bo‘lsa ta’minotni oshirish talab qilinishi shart. 6.2. O‘yinning mohiyati va mazmuni Voleybol maxsus maydonchaning o‘rtasidan to‘r bilan ajratilgan qismlarida 2 jamoaning to‘p vositasida musobaqalashuvidan iborat sport o‘yinidir. 235 O‘yinning maqsadi – to‘pni to‘r ustidan raqib maydonchasiga tushirish va raqibning aynan shunday harakatiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bunda jamoa to‘p bilan 3 marta o‘ynash huquqiga ega (to‘siq qo‘yishdan tashqari). O‘yin to‘pni o‘yinga kiritish usuli bilan boshlanadi: to‘p kirituvchi o‘yinchi zarb bilan to‘pni to‘r ustidan raqib jamoa maydonchasi tomonga yo‘naltiradi. To‘p maydon chiziqlari chegarasidan chiqib, yerga tushguncha yoki jamoa o‘yinchisi xatoga yo‘l qo‘yguncha o‘yin davom etadi. Voleybolda har bir o‘yin vaziyatining natijasi, to‘p qaysi tomondan kiritilganligidan qat’i nazar, ochko bilan tugallanadi. Inshootlar va uskunalar O‘yin maydoni. O‘yin maydoni 18x9 m lik to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. O‘yin maydonining yuzasi tekis, gorizontal va bir xil bo‘lishi hamda o‘yinchilar uchun hech qanday jarohat olish xavfini tug‘dirmasligi lozim. Maydondagi chiziqlar. Barcha chiziqlarning kengligi 5 sm. O‘yin maydonchasini ikkita yon va ikkita orqa chiziqlar chegaralaydi. O‘rta chiziq o‘yin maydonini har biri 9x9 m o‘lchamga teng bo‘lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Har bir maydonchaning hujum chizig‘i o‘rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‘lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm li kesik chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‘ladi. Zonalar. Oldingi hujum zonasida 2,3,4-zonalar joylashadi. Orqa himoya zonasida 1,6,5-zonalar joylashadi. To‘p kiritish zonasi 9 m o‘lchamga teng bo‘lgan orqa chiziqning davomidir. To‘p, to‘r va ustunlar. To‘rning tuzilishi To‘rning kengligi 1 m va uzunligi 9,5 m bo‘lib, teshiklari 10x10 sm kvadrat shaklida, qora rangli ipdan to‘qilgan bo‘lishi kerak. To‘rning yuqori qismida 5 sm kenglikdagi lenta bo‘lib, uning ichidan tros (ustunlarga mustahkamlash uchun) o‘tkaziladi. To‘rning pastki qismidan shnur o‘tkaziladi. To‘rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlarga perpendikular ravishda chegaralovchi lentalar joylashtiriladi. 236 Lentalarning kengligi 5 sm va uzunligi 1m bo‘ladi. To‘rning ikki tomoniga joylashtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir yo‘nalishda ikki antenna vertikal ravishda joylashtiriladi. Antenna diametri 10 mm, uzunligi 1,8 m li naychadan iborat bo‘lib, qattiq egiluvchan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. To‘r o‘rta chiziq ustidan vertikal joylashtirilishi kerak. Ustunlar To‘r tortiladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5-1,0 m oraliqda o‘rnatiladi. Ustunlarning balandligi 2,55 m. Ustunlar yumaloq va tekis shaklda bo‘lib, o‘yinchilarga xavf tug‘dirmasligi kerak. Ustunlar tortuvchi va taranglashtiruvchi moslamalarsiz o‘rnatilishi darkor. To‘p To‘pning ichidagi kamerasi rezinadan, tashqi qismi tabiiy yoki sintetik charmdan ishlanib, o‘zi qat’iy dumaloq shaklga ega bo‘lishi lozim. Uning aylana diametri 65-67 sm, og‘irligi 260-280 g, ichki bosimi 294,3 dan 318,82 mba yoki gPa gacha bo‘lishi lozim. 6.3. Hakamlar va hakamlik qilish Har bir uchrashuvni hakamlar tarkibi boshqarib boradi va bu tarkibga: birinchi hakam; ikkinchi hakam; kotib; to‘rtta (yoki ikkita) chiziq hakamlari kiradi. Birinchi hakam vakolatlari Birinchi hakam o‘yin jarayoni boshlanganidan to yakunlanguniga qadar uni boshqarib boradi. U shu o‘yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va o‘yinchilarga rahbarlik qiladi. Uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Birinchi hakam qolgan hakamlar qarorini noto‘g‘ri deb topsa, uni bekor qilish huquqiga ega. Agar biror hakam vazifasini uddalay olmasa, birinchi hakam uning vazifasini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Birinchi hakam chiqargan qarorni muhokama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin jamoa sardori iltimosiga ko‘ra u o‘z qaroriga izoh berishi mumkin. Birinchi hakam o‘yindan oldin maydon, to‘p va boshqa uskunalar holatini nazoratdan o‘tkazadi. Jamoa sardorlari bilan qur’a tashlashni uyushtiradi. O‘yin davomida faqat birinchi hakam quyidagilar bo‘yicha qaror chiqarish 237 huquqiga ega: jamoalarni ogohlantirish; jazolash; to‘p kirituvchining xatosi; to‘p kirituvchi jamoa a’zolarining joylashishidagi xatosi bo‘yicha; to‘p bilan o‘ynash xatolari bo‘yicha; to‘r va uning ustida ro‘y beradigan xatolar bo‘yicha; orqa chiziq o‘yinchilari va «Libero»ni hujum zarbasi; «Libero»ni oldingi zonadan yuqoridan uzatilgan to‘piga hujum zarbasi qo‘llanilganda. Ikkinchi hakam vakolatlari Ikkinchi hakam birinchi hakam ro‘parasidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turib joylashadi. U zaxiradagi o‘yinchilarni kuzatib turadi; tanaffus olish va o‘yinchi almashtirishga ruxsat beradi; o‘yin oldidan, har bir partiya oldidan o‘yinchilarning maydondagi joylashuvini nazorat qilib turadi. O‘yin vaqtida hushtak chaladi va ishora bilan quyidagilar bo‘yicha qaror qabul qiladi: o‘yinchi maydon va to‘r ostidan raqib tomoniga o‘tib ketganda; o‘yinga kiritilayotgan to‘pni qabul qiluvchi jamoa joylashuvda xatoga yo‘l qo‘yganda; o‘zi joylashgan tomon yaqinida o‘yinchi to‘rga va chegaralovchi antennaga tegib ketganda; orqa chiziq o‘yinchisi yoki «Libero» to‘siq qo‘yganda; o‘yinchi to‘rning pastki qismiga tegib ketganda. Kotib Kotib o‘z faoliyatini yuritish uchun birinchi hakam qarshisidagi ustun ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylashadi. Kotib quyidagi vazifalarni bajaradi: o‘yin bayonnomasiga o‘yin va jamoa haqidagi ma’lumotlarni yozadi; yig‘ilgan ochkolar, tanaffuslar, o‘yinchilarni almashtirish; jazo choralari, to‘pni o‘yinga kiritish navbatlarini yozib boradi va nazorat qiladi; yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar buzilganda, ikkinchi hakamga xabar qiladi. Chiziq hakamlari Chiziq hakamlari (4 ta bo‘lganda) maydonning har bir burchagidan 1–3 m uzoqlikda joylashadilar va o‘z chiziqlarini nazorat qiladilar. Agar o‘yinda 2 ta chiziq hakami ishtirok etsa, ular maydon burchaklaridan 1–2 m uzoqlikda birbiriga diagonal holatda joylashadilar. Ular yon va orqa chiziqlarni o‘z tomonlaridan nazorat qiladilar. Chiziq hakamlari qo‘llaridagi bayroqchalarni harakatlantirib, quyidagilarni ifodalaydilar: to‘p maydonga yoki chiziq ustiga 238 tushsa, bayroqni pastga (maydonni ko‘rsatib) tushiradilar; to‘p maydon tashqarisiga tushsa yoki chegaralovchi antenna tashqarisidan o‘tsa, bayroqni yuqoriga ko‘taradilar. Voleybol qoidalarining barchasini ushbu kitobda yoritish mumkin emas, lekin biz eng asosiy holatlar ustidagina to‘xtab o‘tdik. Yuqoridagi materialni o‘zlashtirishda «Voleybolning rasmiy qoidalari» qo‘llanmasidan foydalanish zarur bo‘ladi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘quv–mashg‘ulot ishlarining asosiy qismidir. Ular mashg‘ulotlardagi jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik samarasini ko‘rsatib beruvchi yakuniy ko‘rsatkich bo‘lib ham hisoblanadi.
Musobaqalar tasdiqlangan taqvimiy reja asosida o‘tkaziladi. Sport musobaqalari sportchini tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo‘linadi: chempionatlar, kuboklar, saralash va yordamchi musobaqalar (tayyorlov, nazorat va boshqalar). Chempionat va kubok musobaqalari – eng asosiy musobaqalar bo‘lib, bu musobaqalarda eng kuchli jamoalar aniqlanadi. Bu musobaqalar ko‘lami turlicha bo‘ladi: jahon, qit’a, mamlakat, viloyat; shahar miqyosidagi va boshqalar. Saralash musobaqalari o‘z maqsadi va vazifasiga ko‘ra asosiy musobaqalarning keyingi bosqichiga chiqish yoki malakali o‘yinchilarni ma’lum bir jamoa tarkibiga qabul qilishni nazarda tutadi. Yordamchi musobaqalar tarkibiga quyidagilarni kirgizish mumkin: - ko‘rgazmali musobaqalar voleybolni ommaviylashtirish va targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi. Ular ommaviy sport bayramlarida, o‘quv yurtlarida, tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. - qisqartirilgan musobaqalar (blits turnirlar) g‘olibni aniqlash uchun qisqartirilgan partiyalar bilan o‘tkaziladi. Bunday musobaqalar bayram kunlarida, sport mavsumlarining ochilishida tashkil qilinadi. - tasnif musobaqalari – sport tayyorgarligi darajasini aniqlash va sport tasniflarini (razryadlar) berish maqsadida tashkil qilinadi. 239 - tenglashtiruvchi musobaqalarning asosiy vazifasi kuchli raqib jamoasi bilan uchrashishga imkon berish yo‘li bilan kichik tasnifdagi sportchilarning o‘sishini rag‘batlantirishdan iborat. - nazorat va tayyorlov musobaqalari jamoa va alohida o‘yinchilarning oldindagi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik holatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot jarayonida tayyorlov va nazorat musobaqalari katta o‘rinni egallaydi. Yordamchi musobaqalar asosan tayyorlov va musobaqa davrlarining yarmida rejalashtiriladi. Tanlov va asosiy musobaqalar ko‘pincha bir yilda 2-3 marotaba o‘tkaziladi. Turli xil musobaqalarning ahamiyati va o‘rni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, boshlang‘ich bosqichlarda faqat tayyorlov va nazorat musobaqalari rejalashtiriladi va o‘tkaziladi. Sportchilar malakasining o‘sib borishga qarab, keyingi ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida musobaqalar soni ortib boradi, musobaqa davriga tanlov va asosiy musobaqalar kiritiladi. Musobaqalar sportchining tayyorgarlik darajasining asosiy nazorat shakli bo‘libgina qolmay, balki sport mahoratini takomillashtirishning zarur omilidir. Musobaqalarni rejalashtirganda tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, musobaqalar shunday tanlanishi kerakki, ularning yo‘nalishi, qiyinchilik darajasi ko‘p yillik tayyorgarlikning tuzilishi, vazifasi bilan qat’iy mos kelsin. Ikkinchidan, agar sportchi uni o‘zining jismoniy, texnik-taktik va psixologik qobiliyatiga qo‘yilgan vazifalarni yecha oladigan bo‘lsa musobaqalarga jalb qilsin. Uchinchidan, musobaqa va mashg‘ulot amaliyotini rejalashtirish kerak, ayniqsa, tayyorgarlik jarayoni samarali amalga oshishi va sportchi tanlov hamda asosiy musobaqalarda o‘z imkoniyatini ochib berishi zarur. To‘rtinchidan, musobaqalar dasturi va qatnashuvchilar tarkibi kuchli raqobat muhitini ta’minlashi kerak. 240 6.4. Musobaqa o‘tkazish tizimlari Birinchi navbatda, o‘yin tizimini tanlashdan oldin quyidagi vazifalar hisobga olinishi lozim. Uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan muddati, qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi darajasi, musobaqani o‘tkazish uchun hududiy joylashish to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak. Musobaqalar aylanma, yutqazgan chiqib ketadigan va aralash tizimlar asosida o‘tkaziladi. Aylanma tizim. Aylanma tizim bo‘yicha hamma qatnashuvchi jamoalar birbirlari bilan uchrashishadi. Musobaqalashuvchilarning kuchlari o‘rtasidagi nisbatini aylanma usul, ayniqsa obyektiv aniqlashga imkon beradi. Bu tizim tasodifiy natijalar oldini oladi va sportchilar tayyorgarligini tekshirishga va g‘oliblarni aniqlashga to‘liq imkoniyat beradi. Aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar ko‘p vaqt talab qiladi, bu uning asosiy zaif tomonidir. Aylanma tizim bo‘yicha o‘yin taqvimi quydagicha tuziladi. O‘yinlarning navbati maxsus jadval yordamida aniqlanadi. Barcha jamoalar qur’a tashlash asosida tartib raqamlarini oladilar. Shundan so‘ng musobaqaning har bir kunida qaysi jamoalar (qur’ada tushgan raqam bo‘yicha) bir-biri bilan uchrashishi jadval yordamida aniqlanadi. Agar ishtirok etuvchi jamoalar soni toq bo‘lsa, unda har kuni bir jamoa qavs ichida raqami ko‘rsatilgan jamoa bilan uchrashadigan kun (jamoa yo‘qligi ) dam oladi. Jadval tuzishda qatnashuvchilar soniga qarab vertikal chiziqlar chizib chiqiladi. Chiziqlar asosan toq olinadi. Masalan 7, 8 ta jamoa qatnashuvida 7 ta, 9– 10 ta jamoa bo‘lganda 9 ta vertikal chiziq chizib olinadi. Unda qatnashuvchilar raqami (qur’a natijasiga asosan) quyidagicha yoziladi: birinchi chiziq tagida 1 raqami qo‘yiladi, bitta chiziqdan so‘ng 2 raqami, yana bittadan so‘ng 3 raqami va hokazo. Yuqoridagi ikkinchi chiziqdan boshlab, keyingi raqamlarning joylashishini davom ettiramiz: 4 raqami, bittadan so‘ng 5 raqami va hokazo. Oxirgi, juft raqam mavjud bo‘lganda yuqoridagi raqamlar yoniga yoziladi.