O\'zbekiston Resbublikasi oliy va o\'rta maxsus talim vazirligi Qo
6. Musobaqa o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish Musobaqalar muvofiq mutasaddi tashkilot (yoki tashkilotlar) tomonidan tasdiqlangan yillik musobaqa taqvim rejasiga asosan o‘tkaziladi. Odatda musobaqa o‘tkazish joyi (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) va vaqti shu taqvim rejasida qayd etiladi. Musobaqaning nomi, maqsad va vazifalari, o‘tkazish joylari va muddatlari, musobaqada ishtirok etish huquqiga ega jamoalar (klublar, terma jamoalar), musobaqada ishtirok etish shartlari, bosh hakam, musobaqaga rahbarlik qiluvchi tashkilot, musobaqa shart-sharoitlarini ta’minlovchi mezbon tashkilot, musobaqa o‘tkazish va o‘rinlarni aniqlash tizimi, rag‘batlantirish kabi masalalar musobaqa Nizomida batafsil ifodalanadi. Musobaqa o‘tkazishdan avval nazoratchi (ekspert) hakam (yoki hakamlar) musobaqa o‘tkazish joyini qabul qilingan ilmiy-texnologik vositalar (o‘lchov asboblari) yordamida ko‘zdan kechiradi. Jumladan, musobaqa o‘tkaziladigan sport inshootida havo namligi, harorat, atmosfera bosimi, tabiiy va sun’iy yorug‘lik, maydon chiziqlari, to‘r va ustunlar, o‘rindiqlar, bo‘shlik zonalar va boshqa ko‘rsatkichlar belgilangan me’yoriy standartlar asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. Sportchilarga mo‘ljallangan yechinish-kiyinish, yuvinish, gigiyenik, kommunikatsion, tibbiyot va hakamlar xonalari nazoratdan o‘tkaziladi. 246 Amalga oshirilgan ekspert-nazorat tadbirlari natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlanadi va bu haqida musobaqa o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot rahbariga ma’lumot beriladi. 6.7. Musobaqa Nizomi (O‘zbekiston Chempionati misolida) Chempionatning maqsadi va vazifalari - O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish; - voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish; - mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport razryadlarini rasmiylashtirish; - kuchli klublarni aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini tuzish. Musobaqaga rahbarlik qilish Musobaqalar FIVB – Halqaro voleybol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda «Mikasa» firmasining MVP 200 rangli to‘plari qo‘llaniladi. Musobaqaga rahbarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga yuklatiladi. Musobaqa o‘yinlarini Respublika hakamlar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga – milliy toifadagi hakam tayinlanadi. Jamoalarni qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini tayyorlash musobaqa o‘tkazilayotgan shahar klubi zimmasiga yuklatiladi. Mehmonxona, ovqatlanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa-klublari tomonidan qoplanadi. Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi. Musobaqa ishtirokchilari 247 Chempionatda klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkilot va korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar terma jamoalari ishtirok etishi mumkin. O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining ijroiy qo‘mitasi qaroriga muvofiq chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob raqami ______ ga ________ so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag‘ o‘tkazishlari lozim. Chempionatda ishtirok etishni tasdiqlovchi xabarnoma _______ yil _______oktabrgacha taqdim etilishi shart. Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan xabarnoma qabul qilinmaydi va jamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi. Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 22 kishi, shu jumladan 18 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor va jamoa rahbaridan iborat bo‘lishi mumkin. Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o‘yinchilari federatsiya ruxsati bilan jalb qilinishi mumkin. Natijalarni aniqlash Chempionatda jamoalarni guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishtirokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar sport bazasida «tur» shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan ochkolar yig‘indisiga qarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag‘lubiyat uchun 1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi. Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa, o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati; b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati; v) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati; g) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati. Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha 248 uchrashuv natijalari bekor qilinadi va unga O‘VDning «Intizom Kodeksi»ga muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi. Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi. Rag‘batlantirish Mamlakat chempioni maqomiga ega bo‘lgan joriy yilda o‘rta umumta’lim maktab, KHKlari yoki ALlarni bitirgan jamoa o‘yinchilari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining O‘zDJTU hamda viloyatlardagi OO‘Yulari jismoniy tarbiya fakultetlariga imtiyozli asosda qabul qilinish huquqini beruvchi sertifikatini olishga muyassar bo‘ladilar. Chempion jamoa ko‘chma Kubok, qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va oltin medallar bilan taqdirlanadi. 2 va 3-o‘rinni egallagan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar, muvofiq diplomlar kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi. O‘yinchilar O‘zbekiston Chempionati va boshqa musobaqalarda ishtirok etib kelgan natijalariga asosan O‘zbekiston yagona sport tasnifida belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq navbatdagi sport razryadlari bilan taqdirlanishga muyassar bo‘ladilar. 6.8. Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari Musobaqalarning turi (birinchiliklar, saralash musobaqalari, chempionatlar, Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va h.k.) va miqyosidan (tuman, viloyat, shahar, Respublika, Osiyo, Yevropa, Jahon) qat’i nazar, har bir musobaqa o‘ziga xos ssenariy va dastur asosida o‘tkaziladigan ochilish hamda yopilish marosimlari bilan farqlanadi. Musobaqaning ochilishi va yopilishiga doir senariyda rasmiy dasturlardan tashqari mahalliy, milliy va umumbashariy an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar hamda udumlarga xos turli ko‘ngilochar tadbirlar (san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblarining chiqishlari va h.k.) joy olishi mumkin. 249 Musobaqaning ochilish va yopilish ssenariysida belgilangan dastur avvaldan puxta ishlab chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi. Quyida namuna sifatida musobaqaning ochilish va yopilish marosimiga doir senariysi keltirilgan: - musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sadolari ostida ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni saflantirib joylashtiradi; - bosh hakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (jamoa) bilan tashkiliy qo‘mita «markazi»ga qaratadi va tantanavor ravishda kelib tashkiliy qo‘mita raisiga ishtirokchi jamoalarning musobaqaning ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot beradi; - tashkiliy qo‘mita raisi qisqacha musobaqaning maqsadi va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida gap yuritib, tabrik so‘zini faxriy shaxs (rahbar yoki rahbar nomidan tabriklaydigan shaxs)ga beradi; - tabrik so‘zi yakunlanganidan so‘ng, bosh hakam ishtirokchi jamoalar nigohini davlat bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi; - davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko‘tariladi; - davlat madhiyasi tugab, davlat bayrog‘i ko‘tarilganidan so‘ng bosh hakam musobaqa ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga sihat-salomatlik, musobaqa o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi; - bosh hakam ishtirokchi jamoalarni musiqa sadosi ostida maydondan olib chiqadi; - musobaqaning ochilishi marosimidan so‘ng musobaqa jadvali bo‘yicha birinchi o‘yinda ishtirok etadigan jamoalar maydonga tashrif buyurishadi va musobaqa o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi. Musobaqaning yopilish marosimi Musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalar o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziladi. Musobaqaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar (ayrim hollarda barcha jamoalar) ishtirok etadi. 250 Musobaqaning yopilish marosimi ham maxsus ssenariy asosida o‘tkaziladi. Senariyda belgilangan dastur yakunida Davlat bayrog‘i tushiriladi va musobaqa yopiq deb e’lon qilinadi. Musobaqaning yakuniy natijalari va tashkiliy ishlarning saviyasi bo‘yicha rasmiy hisobot tuziladi va ushbu hisobotning nusxalari har bir jamoa vakillariga taqdim etiladi (ilovalarda mavzuga doir andozalar berilgan).