O\'zbekiston Resbublikasi oliy va o\'rta maxsus talim vazirligi Qo
Musobaqa o‘tkazish joyini tayyorlash Musobaqalar muvofiq mutasaddi tashkilot (yoki tashkilotlar) tomonidan tasdiqlangan yillik musobaqa taqvim rejasiga asosan o‘tkaziladi. Odatda musobaqa o‘tkazish joyi (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) va vaqti shu taqvim rejasida qayd etiladi. Musobaqaning nomi, maqsad va vazifalari, o‘tkazish joylari va muddatlari, musobaqada ishtirok etish huquqiga ega jamoalar (klublar, terma jamoalar), musobaqada ishtirok etish shartlari, bosh hakam, musobaqaga rahbarlik qiluvchi tashkilot, musobaqa shart-sharoitlarini ta’minlovchi mezbon tashkilot, musobaqa 273 o‘tkazish va o‘rinlarni aniqlash tizimi, rag‘batlantirish kabi masalalar musobaqa Nizomida batafsil ifodalanadi. Musobaqa o‘tkazishdan avval nazoratchi (ekspert) hakam (yoki hakamlar) musobaqa o‘tkazish joyini qabul qilingan ilmiy-texnologik vositalar (o‘lchov asboblari) yordamida ko‘zdan kechiradi. Jumladan, musobaqa o‘tkaziladigan sport inshootida havo namligi, harorat, atmosfera bosimi, tabiiy va sun’iy yorug‘lik, maydon chiziqlari, to‘r va ustunlar, o‘rindiqlar, bo‘shlik zonalar va boshqa ko‘rsatkichlar belgilangan me’yoriy standartlar asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. Sportchilarga mo‘ljallangan yechinish-kiyinish, yuvinish, gigiyenik, kommunikatsion, tibbiyot va hakamlar xonalari nazoratdan o‘tkaziladi. Amalga oshirilgan ekspert-nazorat tadbirlari natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlanadi va bu haqida musobaqa o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot rahbariga ma’lumot beriladi.
Xulosa. Prezidentimiz tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport o’yinlari – “ Umid nihollari, Barkamol avlod, Universiada”da O’zbekiston bayrog’ini baland ko’targan, yurt sha’ni, xalq g’ururi uchun kurashadigan mahoratli sportchilarni tarbiyalashda o’ziga xos maktab vazifasini o’tmoqda har yili mazkur musobaqalarda kashf etilayotgan yuzlab yosh sportchilar xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotir. Yurtimizda o’tgan yillarda sport majlislari bunyod etish borasida ulkan tajriba to’plandi. Bugun eng chekka hududlarda qad rostlayotgan sport inshootlari ham xalqaro talablarga to’la javob beradi. Sport majlislarining deyarli barchasi yurtimizda ishlab chiqargan sport invertarlari bilan jihozlanmoqda. Sportchini tayyorlash tizimining muhim tomonlaridan biri sport o’rinbosarlarini rejaga asosan tayyorlash hisoblanadi. Buning uchun mamlakatimizda ROZK,BO’SM,OSMM va boshqalarning keng qamrovli faoliyati yaratilgan.Shuningdek o’rinbosarlarni tayyorlashda sport turlari bo’yicha maxsus farmon ham qo’llanilmaqda. Bu esa umumta’lim maktablarda maxsus jadval asosida bir kunda ikki mahal mashg’ulotni samarali olib borishga yordam beradi.
Sport o’rinbosarlarini tayyorlash nafaqat oliy mahorat sporti talablarini qondirish uchun muhim, balki maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasiga oid vazifalarni engishga ham samarali yordam beradi. Sport saralashi sport faoliyati jarayonida doimiy ravishda davom etadi.Yangi o’yinchi sport guruhiga qo’shilsa, u bilan ishlash qaysidir sabablarga ko’ra, mashg’ulotlarni tugatish (to’xtatish) to’g’risidagi qaror qabul qilinmaguniga qadar davom etadi. Sport saralashi amalga oshirilishi davomidagi vaqt turli hajmda bo’lishi mumkin (bir necha soniyadan totib, to bir necha yilgacha) Sport saralashi jarayoni o’ziga uch bosqichni qamrab olgan: talablar mazmunini aniqlash (kamchilik faoliyatini ko’rsatib bergan); aniq nomzodlar imkoniyatining bashorati; qoniqarli yoki qoniqarsiz qaror qabul qilish;Zamonaviy sport saralashi nazariyasida sportchilarni saralashga katta e’tibor beriladi.
Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash maktab sharoitida jismoniy tarbiya o’quvchisi tomonidan amalga oshiriladi. O’quvchilar ma’lum dastur asosida va baholovchi mashqlar, harakatli hamda xalq o’yinlari yordamida saralab olinadi. Dastlabki tanlov 2 bosqichda olib borniladi. 1-bosqich targ’ibot-tashviqot ishlarni uyushtirish, o’quvchi yoshlarni qiziqtirish, jalb qilish. 2-bosqich baholovchi mashqlar, harakatli va xalq o’yinlari yordamida tanlov. BO’SM ga qabul qilish mutaxasis-murabbiy uchun o’ta ma’suliyatli tadbirdir. Bu tadbirni amalga oshirishda barcha ko’rsatkichlarni bir-biriga taqqoslay bilish, voleybol o’yining mohiyatiga mos ko’rsatkichga ega bo’lgan bolalarni farqlay olish, jamoali sport turi uchun zarur qobiliyatlarni ajrata bilish katta ahamiyatga egadir.Shu bilan bir qatorda, tanlov natijalariga ko’ra, qabul qilish haqida uzil-kesil xulosa qilish o’rinsiz, aksincha, mavjud ko’rsatkichlarni e’tiborga olgan holda saralovni ikkinchi o’rgatish bosqichida davom ettirish darkor. Sport saralashini to’g’ri amalga oshirish musobaqa imkoniyatini samarali yaratish va amalga oshirishni ta’minlaydi. Bunda sakralashning boshqa holatlarini ham esdan chiqarmaslik lozim. Xulosa qilib aytish kerakki voleybolchining to’g’ri tanlab olish va o’zbek voleyboliga oid tarixiy lavhalar mazkur o’yinni qanday yo’naltirishlarda shakllantirishga, uning ommaviyligi, yoshlarni qiziqtirishni yanada oshirishga, hamda istiqbolni ta’minlashga katta yordam beradi.