O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə12/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

Savollar:

  1. Fazoda ikki to’g’ri chiziq o’zaro qanday holatlarda bo’lishi mumkin?

  2. Qanday joylashgan ikki to’g’ri chiziq kesishgan to’g’ri chiziqlar deyiladi?

  3. Qanday to’g’ri chiziqlar parallel to’g’ri chiziqlar deyiladi?

  4. Uchrashmas (ayqash) ikki to’g’ri chiziq haqida ma’lumot bering.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Xorunov R. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1997.
2. Sobitov E. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1993.
3. Murodov Sh. va boshqalar. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1988.
4. Abdullayev U. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.
5. Raxmonov I. Chizmalarni chizish va o’qish. – Toshkent: O’qituvchi, 1992.
6. Ismatullayev R. Chizma geometriya. – Toshkent: O’qituvchi, 2005.
7. J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.

Mavzu: 5 Tekislik
Reja:

  1. Tekislik va uning chizmada berilishi.

  2. Tekislikning proyeksiyalar tekisligiga nisbatan har xil vaziyatda berilishi.

  3. Tekislikda to’g’ri chiziq va nuqta tanlash.

  4. Tekislikning maxsus chiziqlari.

Tayanch iboralar: Geometrik elementlar va to’g’ri chiziqlar; tekislik izi; umumiy yoki ixtiyoriy vaziyatdagi tekisliklar; maxsus vaziyatdagi tekisliklar; proyeksiyalovchi yoki maxsus tekisliklar; gorizontal proyeksiyalovchi tekislik; frontal proyeksiyalovchi tekislik; profil proyeksiyalovchi tekislik; tekislikning maxsus chiziqlari.


1. Tekislik va uning chizmada berilishi. Tekislikning fazodagi vaziyatini aniqlovchi geometrik elementlar nuqta va to’g’ri chiziqlardir. To’g’ri burchakli proyeksiyalarda tekislikning vaziyati uning elementlarining proyeksiyalari orqali beriladi. Tekislik umumiy holda bir to’g’ri chiziqda yottmagan uch nuqta (A, B, C) (1-shakl), kesishuvchi ikki to’g’ri chiziq (q, t1) (2-shakl), ikki parallel to’g’ri chiziq (ab) (3-shakl), to’g’ri chiziq va shu chiziqdagi yotmaydigan nuqta (d, C) (4-shakl) orqali beriladi. Bundan tashqari tekislik uchburchak, to’rtburchak va shunga o’xshash tekis shakllar bilan ham berilishi mumkin. tekislikning proyeksiyalar tekislilari bilan kesishgan chiziqlari uning izlari deyiladi. 1 va 2 tekisliklar tizimida tekislik ikki izi (5-shakl) bilan berilishi mumkin. tekisliklar fazoda bitta harf bilan (, Q. R kabi harflar bilan) belgilanadi. 5-shaklda  tekislik gorizontal izi va frontal izi lar bilan belgilanadi. Bu tekislikni ( , ) ko’rinishda yozish mumkin. tekislik izining bir proyeksiyasi shu iz bilan bir joyda, ikkinchi proyeksiyasi esa proyeksiyalar o’qi OX da bo’ladi, shuning uchun tekislikning biror izida olingan nuqtaning bitta proyeksiyasi o’zi bilan bir joyda, ikkinchi proyeksiyasi esa OX o’qda bo’ladi. (5-shakldagi A(A1A2) va B(B1B2) nuqtalar).


2. Tekislikning proyeksiyalar tekisligiga nisbatan har xil vaziyatda berilishi. Tekislik fazoda proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan umumiy yoki ixtiyoriy va maxsus vaziyatlarda bo’lishi mumkin. agar tekislik proyeksiyalar tekisliklarining birortasiga ham perpendikulyar bo’lmasa, bunday tekislik umumiy yoki ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik deyiladi. Agar tekislik proyeksiyalar tekisliklarining birortasiga perpendikulyar yoki parallel bo’lsa, bunday tekislik proyeksiyalovchi yoki maxsus tekislik deyiladi.
Proyeksiyalovchi tekisliklar 1, 2, 3 tekisliklariga nisbatan olti xil vaziyatda joylashgan bo’ladilar.
1. Tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar. Bunday tekislik gorizontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. (6-shakl, a, b, v,). Bunda tekislikning frontal izi OX o’qiga perpendikulyar bo’ladi, gorizontal izi esa ixtiyoriy (900 ga teng bo’lmagan) burchakda joylashadi. Tekislik gorizontal  izining OX o’qi bilan hosil qilgan  burchagi (p12) tekislikning 2 tekislik bilan hosil qilgan burchagining haqiqiy qiymatiga teng bo’ladi (6-shakl, b). Tekis geometrik shakllar bilan berilgan gorizontal proyeksiyasi to’g’ri tekislikning proyeksiyasi to’g’ri chiziq bo’lib proyeksiyalanadi (6-shakl, v).
2.  tekislik frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar. Bu tekislik-frontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. Bunda tekislikning gorizontal izi OX o’qiga perpendikulyar bo’lib, tekislik bilan gorizontal proyeksiyalar tekisligi orasidagi  burchak 2 ga o’zgarmasdan proyeksiyalanadi (7-shakl, a, b, v lar).
Agar tekislik biror tekis shakl orqali berilsa, uning frontal proyeksiyasi to’g’ri chiziq bo’lib , iz bilan qo’shilib qoladi (7-shakl, v).
3. Tekislik profil proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar joylashgan, bunday tekislik profil proyeksiyalovchi tekislik deyiladi.  tekislik 3 tekislikka perpendikulyar bo’lganligi uchun uning 1 va 2 izlari OX o’qiga parallel bo’ladi va tekislik bilan 1 va 2 tekisliklar orasidagi  va  burchaklar 3 tekislikka haqiqiy kattaligi bo’yicha proyeksiyalanadi (8-shakl, a va b lar). Profil proyeksiyalovchi uchburchakning profil proyeksiyasi to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi (8-shakl, v). 8-shakl, g da tasvirlangan profid proyeksiyalovchi  tekislik i orqali o’tgan. Buni 1 va 2 tekisliklar tizimidagi 1 va 2 izlari hamda shu tekislikda yotgan biror nuqtaning proyeksiyalari bilan beriladi (8-shakl, g).
4. Tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel. Uning frontal va profil izlari (2 va 3) OX va OY o’qlariga parallel bo’ladi. Agar tekislik epyurda izi bilan emas, balki shakl ko’rinishida, masalan, ABC uchburchak shaklida berilsa, uning gorizontal proyeksiyasi haqiqiy kattaligi bo’yicha proyeksiyalanadi, qolgan ikki proyeksiyasi to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi (9-shakl, a, b va v lar).
5. Tekislik frontal proyeksiyalovchi tekisligiga parallel. Bunda tekislik 1 va 2 izlari OX va OZ o’qlariga paralel bo’ladi. Tekislik izi bilan emas, tekis shakl ko’rinishida berilsa, uning frontal proyeksiyasi, o’zining haqiqiy qiymati bilan proyeksiyalanadi (10-shakl, a, b va v lar).
6. Tekislik profil proyeksiyalar tekisligiga parallel. Uning frontal va gorizontal izlari OY va OZ o’qlariga parallel bo’ladi. Bunda tekislik, AVC shakl ko’rinishida berilsa, uning profil proyeksiyasi haqiqiy kattalikka ega bo’lib, gorizontal, frontal proyeksiyalari esa to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi (11-shakl).
3. Tekislikda to’g’ri chiziq va nuqta tanlash. Tekislik ustida tekislik va nuqta quyidagi shartlarga muvofiq tanlanadi:

  1. To’g’ri chiziq tekislikda yotuvchi ikki nuqta orqali o’tishi kerak. Shundagina o’tkazilgan chiziq tekislikka tegishli bo’ladi.

  2. Tekislikda yotuvchi biror nuqta orqali shu tekislikda yotuvchi biror to’g’ri chiziqqa parallel o’tkazilgan to’g’ri chiziq ham shu tekislikka daxldor bo’ladi.

Masalan:  tekislik, ikki kesishuvchi a va b to’g’ri chiziqlar orqali berilgan.
Tekislik to’g’ri chiziq tanlash uchun shartga ko’ra a to’g’ri chiziqda 1-nuqtani, b to’g’ri chiziqda esa 2-nuqtalarni belgilaymiz va ularni o’zaro birlashtiramiz. Natijada  (ab) tekislikka tekishli c to’g’ri chiziq hosil bo’ladi.
c – to’g’ri chiziqda yotuvchi har qanday nuqta  tekislikka tegishli bo’ladi. Shuningdek, d to’g’ri chiziq ham tekislikka daxldordir, chunki shartga ko’ra bu to’g’ri chiziq 2 nuqta orqali o’tib, tekislikdagi a to’g’ri chiziqqa paralleldir.
4. Tekislikning maxsus chiziqlari. Turli geometrik masalalarni yechishda, tekislikda yotuvchi va proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan parallel joylashgan chiziqlar katta ahamiyatga ega. Tekislikning bunday chiziqlari uning bosh chiziqlari deyiladi. Bunday chiziqlarga tekislikning gorizontali, frontali va eng kata og’ma chiziqlari kiradi.
Tekislikning gorizontal chizig’i berilgan tekislikda yotib, gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel joylashgan bo’ladi. Epyurada tekislik gorizontalining frontal proyeksiyasi OX o’qiga parallel bo’ladi. Gorizontal proyeksiyasi yasash yo’li bilan topiladi va u gorizontal chiziqning haqiqiy kattaligiga teng bo’ladi.
12-shakl, a, b larda (12) tekislikning gorizontal chizig’ini o’tkazish ko’rsatilgan.
 tekislikning gorizontal chizig’ini o’tkazish uchun, avvalo K2 nuqtadan OX o’qiga parallel qilib, uning frontal proyeksiyasi a2 chizig’i o’tkaziladi, gorizontal proyeksiyalovchi a1 esa, K1 nuqtadan o’tib, tekislikning gorizontal izi P1 nisbatan parallel bo’ladi. Hosil bo’lgan a(a1, a2) chiziq tekislikning gorizontal chizig’i bo’ladi.
Tekislikning frontal chizig’i shu tekislikda yotib, frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel joylashgan bo’ladi (13-shakl, a va b lar). 12-shaklda  tekislikning frontal chizig’i a chiziq 1 da joylashgan K nuqta orqali 2 ga parallel qilib o’tkazilgan 2 ning o’zi ham  tekislikning frontalidir. Epyurda (13-shakl, b) frontalning gorizontal proyeksiyasi a1 proyeksiyalar o’qi OX ga parallel (a1OX) frontal proyeksiyasi a2 esa tekislikning frontal iziga parallel (a22) bo’ladi.
Tekislikning eng katta og’masi berilgan tekislikda yotib, tekislikning gorizontal yoki frontal chizig’iga perpendikulyar joylashgan bo’ladi.
Bu chiziq o’zi yotgan tekislikning tegishli proyeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklariga teng bo’lgan burchakni tashkil qiladi. Shuning uchun tekislikning eng katta og’ma chizig’i tekisliklarni 1 va 2 proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan og’ish burchaklarini aniqlashda foydalaniladi.
14-shakl, a va b larda o’zaro kesishuvchi a va b to’g’ri chiziqlar orqali berilgan  tekislikning eng katta og’ma chizig’i, uning gorizontal va frontal chiziqlaridan foydalanib o’tkazilishi ko’rsatilgan. 14-shakl, a da T1K1, T2K2 chiziq  (ab) tekislikning gorizontali 1121, 1222 ga perpendikulyar bo’lgan eng katta og’ma chizig’idir. Bu to’g’ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi K1T1(d1) tekislik gorizontalining gorizontal proyeksiyasiga 1121 ga perpendikulyar o’tkaziladi (parallel proyeksiyalarning to’g’ri burchakgi to’g’risidagi xossaga asosan), frontal proyeksiyasi esa yasash yo’li bilan aniqlanadi. 14-shakl, b da d1d2 chiziq (ab) tekislikning frontali 1121, 1222 ga perpendikulyar bo’lgan eng katta og’ma chizig’idir. Bu chiziqning frontal proyeksiyasi T2K2(a2) tekislik frontalining frontal proyeksiyasi 1222 ga perpendikulyar o’tkaziladi, gorizontal proyeksiyasi esa yasash yo’li bilan topiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin