O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə31/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

Arximed spirali. Agar biror nuqta (O) markaz atrofida tekis aylana harakat qiluvchi to’g’ri chiziq bo’yicha bir vaqtda tekis ilgarilanma harakat qilsa, bu nuqtadan tekis ravon chiziq chiziladi. Bu egri chiziqni Arximed spirali deyiladi. To’g’ri chiziqning bir marta aylanishi vaqtida nuqtaning to’g’ri chiziq bo’ylab bosgan yo’li Arximed spiralining qadami deb ataladi (11-shakl). Agar spiralning qadami R=OA berilsa, u quyidagicha yasaladi. OA radius bilan aylana chiziladi va shu aylana hamda OA kesmani teng, masalan, sakkiz bo’lakka bo’linadi. aylanada hosil bo’lgan 1, 2, 3... 8 nuqtalar O markaz bilan birlashtiriladi. Natijada OI, OII, OIII... OVIII to’g’ri chiziqlar (nurlar) hosil bo’ladi. So’ngra O nuqtani markaz qilib, O1, O2, O3... O8 radiuslarda yoylar chiziladi. Yoylar OI, OII, OIII... OVIII nurlar bilan kesishib, A1A2A3.. A8 nuqtalar hosil qiladi. Bunday holatlarni quyidagicha tushunish mumkin. Masalan, OA radius OI holatni ishg’ol qilganda, ya’ni 45o ga burilganda, A nuqta OA bo’yicha ilgarilanma harakat qilib, OI masofani bosadi hamda A1 vaziyatni ishg’ol qiladi. Topilgan A1A2A3.. A8 nuqtalarni lekalo yordamida birlashtirilsa Arximed spirali hosil bo’ladi.
Sinusoida. Sinusni burchagiga nisbatan o’zgarishini tasvirlovchi tekis egri chiziq sinusoida deyiladi. Sinusoida egri chizig’ini yasash uchun aylana radiusi R berilgan bo’lishi kerak. Berilgan R radius bilan aylana chiziladi va uni teng bo’laklarga, masalan, o’n ikkiga bo’lib, 1, 2, 3... 12 nuqtalar hosil qilinadi (12-shakl). Aylana markazi O nuqta va boshlang’ich A nuqta bo’yicha A-A12 to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bu to’g’ri chiziqqa aylana uzunligi 2R o’lchab qo’yiladi va u ham o’n ikki bo’lakka bo’linadi hamda 1o, 2o, 3o... 12o nuqtalarga ega bo’ladi. Bu nuqtalardan A-A12 to’g’ri chiziqqa perpendikulyar chiziqlar, aylanadagi 1, 2, 3... 12 nuqtalardan esa parallel chiziqlar o’tkaziladi. Bu chiziqlar mos ravishda o’zaro kesishib sunusoidaning A, A1, A2, A3... A12 nuqtalarni hosil qiladi. Hosil bo’lgan nuqtalar tekis qilib ketma-ket birlashtiriladi (12-shakl).

Savollar:



  1. Tutashma deb nimaga aytiladi?

  2. Tutashma chiziqlari asosan qanday chiziqlardan iborat?

  3. Egri chiziq deb qanday chiziqqa aytiladi?

  4. Egri chiziqlar nechaga bo’linadi va ular qanday chiziqlar?

  5. Parabola deb qanday chiziqqa aytiladi?

  6. Qanday chiziqqa sikloida chizig’i deb aytiladi?

  7. Giperbola deb qanday chiziqqa aytiladi?

  8. Evolventa deb qanday chiziqqa aytiladi?

  9. Qanday chiziqqa Arximed spirali deb aytiladi?

  10. Sinusoida deb qanday chiziqqa aytiladi?

Adabiyotlar:



  1. Yu.Qirg’izboyev va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.

  2. U.Abdullayev. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  3. J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin