O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Chetga chiqarish elementlari. Mashinasozlik chizmachiligidagi ayrim soddalashtirishlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə34/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

2. Chetga chiqarish elementlari. Mashinasozlik chizmachiligidagi ayrim soddalashtirishlar. Buyumlarning ayrim qismlarining shaklan tuzilishlari kichik bo’lganligi uchun ularni o’qish va to’la ma’lumot olish birmuncha qiyin bo’ladi. Shuning uchun chizmachilikda chetga chiqarish elementlari deb ataluvchi qoida qo’llanadi. Bunda chetga chiqarib chizilishi lozim bo’lgan element asosiy chizmada ingichka tutash yopiq chiziq bilan aylana va oval ko’rinishida chegaralanadi so’ngra undan tokcha chiziq chiqarib bosma yoki arab raqami bilan yonma-yon belgilanidi.
3. Qirqim va kesimlarning amalda qo’llanilishi. Buyumlarning chizmalarini tuzishda qirqim va kesimlarning qo’llanishini bir necha misollarda ko’rib chiqamiz. 21-shaklda F, G va  tekisliklar bilan kesilgan konus sirtining frontal proyeksiyasi berilgan. Uning gorizontal, frontal va profil proyeksiyalarini tekisliklar bilan kesishgan egri chiziqlari yasalishi kerak. Kesimlarning hosil bo’lishini aniq tasavvur qilish uchun unda yotuvchi nuqtalarning tegishli proyeksiyalarini aniqlash masalaning yechilishini osonlashtiradi. Masalan, F tekislik konus sirtini parabola egri chizig’i bo’yicha kesib o’tib, 1/1112/ va 4/4142/ nuqtalar bilan chegaralangan. Yordamchi oraliq nuqtalar kesuvchi tekisliklardan foydalanib aniqlanadi. Yordamchi T2 va K2 tekisliklar sirtni R1 va R2 radiusli aylana bo’yicha kesib, F tekislik bilan kesishib 2/2122/, 3/3132/ nuqtalarni hosil qiladi. Aniqlangan, 11, 21, 31... nuqtalarni o’zaro tutashtirib, izlanayotgan egri chiziqqa ega bo’linadi. G tekislik konus sirtini giperbola chizig’i bo’yicha kesadi va 6-8 nuqtalar bo’yicha chegaralanadi. Qo’shimcha (oraliq) 7/7172/ nuqtasi esa G2 tekislik yordamida topiladi.
 tekislik sirtni aylana yoyi bo’yicha 4-6 nuqtalarda kesib o’tadi.
Aniqlangan nuqtalarning gorizontal va frontal proyeksiyalariga ko’ra, ularning profil 13, 23, 33... proyeksiyalari topiladi. Aniqlangan har bir tekislikka tegishli nuqtalar o’zaro tutashtirilib P1, P2 va P3 proyeksiyalar tekisliklaridagi egri chiziqlar hosil qilinadi.

Savollar:



  1. Jismlarning texnik chizmalarini qanday tasvirlanadi?

  2. Mahalliy ko’rinishlar va qirqimlarni izohlab bering.

  3. Kesimlar haqida nimalarni bilasiz?

  4. Chetga chiqarish elementlarini tushuntirib bering.

  5. Mashinasozlik chizmachiligida qanday soddalashtirishlar bajariladi?

  6. Qirqim va kesimlarning qo’llanilishi haqida gapirib bering.

Adabiyotlar:



  1. Yu.Qirg’izboyev va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.

  2. U.Abdullayev. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  3. J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin