O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə36/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

2. Boltli birikmalar. Boltli birikmaga 1–bolt, 2–gayka va 3–shayba – standart detallarning yordamida ikki va undan ortiq birikuvchi buyumlar biriktiriladi (1-shakl, a). Bolt bir tomoni rezbali silindr sterjen, ikkinchi tomoni esa olti qirrali prizma sirtidan iborat (2-shakl, a). Kallakning yuqori qismidagi faska D1 diametr bilan ko’rsatilib, 30o burchakli qilib ishlanadi. Sterjenning oxirgi uchi 45o burchak ostida faska qilib ishlanadi va 2-shakldagidek ko’rinishda belgilanadi. Ishlatish joylariga qarab boltlar kallaklari olti qirrali, yarim yumaloq, kvadrat shakllarda ishlanadi. Sanoatda ishlab chiqiladigan boltlar kallaklarining tuzilishlari, o’lchamlari, rezbalarning qadamlari bajarilish turlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Har bir turdagi boltlar uchun alohida-alohida standartlar mavjud bo’lib, texnikada ko’proq GOST 7798-70 bo’yicha ishlab chiqiladigan kallagi olti qirrali bolt qo’llanadi. Bunday boltlar uch va to’rt xil bajarilish variantlarida ishlab chiqiladi. 2-shaklda birinchi bajarilish varianti ko’rsatilgan va shu boltdan o’quv jarayonida foydalanishni tavsiya etiladi. Standart hujjatlarida boltning konstruktiv o’lchamlari beriladi. Masalan, boltning shartli yozilishi quyidagicha: BOLT M 12X60 GOST 7798-70. Demak, boltning diametri 12 mm, uzunligi 60 mm, yirik qadamli metrik rezba, kallagi olti qirrali bo’lib, birinchi bajarilishidir. Xuddi shuningdek, boltning ikkinchi bajarilish sharti quyidagicha belgilanadi: BOLT 2 M12X1,25X60 (M12X1,25), bolt uzunligi 60 mm.
GOST 77-98-70 ga asosan M16 boltning konstruktiv chizmasining bajarilishi bilan tanishib chiqamiz (2-shakl, b).
1. Boltning asosiy o’lchamlari standartdan olingan bo’ladi va u quyidagilarga teng: d=16 mm; H=10 mm; P=26,5 mm; S=24 mm bolt uzunligi 60 mm; rezba uzunligi L0=28 mm; rezbaning ichki diametri d0=0,85. Frontal (II2) va profil (II3) proyeksiyalar tekisliklarida o’q chiziqlari o’tkaziladi. II3 tekislikda D=26,5 mm diametrda yordamchi aylana chiziladi. D2 radiusda aylanishi (sirkul yordamida) teng oltiga bo’linadi. so’ngra, D1=0,95S diametrda aylana chiziladi va uning o’q bilan kesishgan I3; I3 nuqtalari belgilanadi. Keyin bog’lovchi chiziqlar yordamida nuqtalarning I2; I2 frontal proyeksiyalari aniqlanadi. I2 nuqtadan 30o burchak ostida to’g’ri chiziq o’tkaziladi va bu chiziq bolt kallagining qirralari bilan kesishib 22-22 frontal nuqtalarni hosil qiladi. 22 va 22 nuqtalarni o’zaro birlashtirib, yordamchi chiziq o’tkaziladi. Yordamchi chiziq bilan bolt kallagining qirralari kesishib, 22-32 nuqtalarni hosil qiladi. Bu nuqtalar kesik konus yasovchilari bilan bolt qirrasining kesishishidan hosil bo’lgan giperbola egri chizig’ining nuqtalaridan. Giperbolaning cho’qqi nuqtasini topish uchun R radiusda aylana chiziladi. Aylana kallak yoqlari bilan kesishib izlanayotgan M (M2, M3) va N(N2, N3) nuqtalarni beradi. Nuqtalarning M2 va N2 proyeksiyalarini aniqlash uchun yordamchi aylana bilan o’qi kesishgan 43 nuqta aniqlanadi va bog’lovchi chiziq yordamida nuqtaning frontal proyeksiyasi 42 topiladi va shu nuqta orqali 12-12 chiziqqa parellel to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bu chiziq bilan M3 va N2 nuqtalardan o’tkazilgan bog’lovchi chiziqlar kesishib, M2 va N2 nuqtalarga, ya’ni giperbola egri chizig’i cho’qqi nuqtasining frontal proyeksiyasiga ega bo’linadi. chizishni osonlashtirish uchun giperbola egri chizig’ini aylana yoyi bilan almashtirish ham mumkin. Aylana yoyining markazi “O” ni aniqlash uchun N2-32 chiziq orqali o’tuvchi vatarning o’rtasidan perpendikulyar chiziq o’tkaziladi. O nuqtani markaz qilib, R1 radiusda yoy chiziladi. R2 va R3 radiusli yoylarning markazi yasash yo’li bilan aniqlanadi.
Gayka. Boltli va shpilkali birikmalarning qismlarida gayka bolt va shpilkalarning rezbali qismlariga burab kiritiladi.
Gaykalar tuzilishiga qarab olti qirrali, bo’rtburchak, yumaloq o’yiqli va tojsimon shakllarda ishlanadi. Olti qirrali gaykalar balandligi bo’yicha normal, past va baland turlarga bo’linib, bir faskali va ikki faskali qilib ishlanadi. Silkinish va tebranishdan holi bo’lgan va o’qlar bo’yicha uncha katta bo’lmagan kuchlar ta’sirida ishlaydigan birikmalar uchun 5 dan 48 mm gacha diametrga ega bo’lgan past gaykalar ishlatiladi. Tashqi kuch va tebranishning ta’sirida buralib, bo’shab ketmaslik uchun baland, o’yiqli va tojsimon gaykalar ishlatiladi (3, 4-shakllar). Ko’pincha gaykalar metrik rezbali bo’lib, mayda va yirik qadamli bo’ladi. Gaykalar yettita (4; 5; 8; 10; 12; 14) mustahkamlik klasslariga bo’linadi. har bir klassdagi gayka tegishli markali po’latdan ishlanadi.
Gaykalar shartli belgilar bilan ifodalanadi. Bunda gaykaning nomi, rezbaning diametri, gaykaning mustahkamlik klassi, qoplama turi va GOST lar ko’rsatiladi. Masalan, gayka M 12 10.08 GOST 5915-70; o’quv jarayonidagi chizmalarni bajarishda belgi bir muncha soddalashtirilgan holda yoziladi. Masalan, M12 GOST 5919-70. Normal gayka chizmasining chizilishi bilan batafsil tanishib chiqaylik (5-shakl). Gayka chizmasini chizishda uning ustdan ko’rinishidan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun o’q chiziqlari chiziladi va ularning kesishgan O nuqtadan D=2d diametriga teng bo’lgan aylana chiziladi va aylanani olti bo’lakka bo’lib o’zaro birlashtiriladi. Hosil bo’lgan olti qirra ichiga aylana chiziladi. Natijada kalitbop S o’lchami hosil bo’ladi. So’ngra, O markazdan d0=0,85d diametrda rezbaning ichki diametriga teng bo’lgan aylana chiziladi. Shuningdek, shu markazdan d diametrli aylananing hohlagan, masalan, 3/4 qismi chiziladi. Gaykaning frontal proyeksiyasini qurish uchun H=0,8d balandlik va eni D=2d ga teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak quriladi. So’ngra to’rtburchakni teng to’rt qismga bo’lib, gaykaning qirralari yasaladi. O markazdan R1=1,5d radiusda ichki iki qarraning 2122 va 3132 nuqtalarda kesib o’tuvchi yoy chiziladi va yoy gaykaning ikki chetki qirralarining proyeksiyalari bilan kesishguncha davom ettiriladi. Bu yoylarni qirra proyeksiyalari bilan kesishgan nuqtasidan gorizontal chiziqlar o’tkaziladi. Chetki qirralarning o’rtasidan frontal chiziqlar chiziladi va bu chiziq gorizontal chiziq bilan kesishib 01 va 02 markazlarni hosil qiladi. So’ngra, R2=O2132 va R2=O2112 radiuslarda yoylar chiziladi. Chizilgan yoy bilan chetki qirraning kesishgan nuqtasidan 30o burchak ostida faska o’tkazilib, 1112, 4142 va 7172, 9192 nuqtalarga ega bo’linadi. Giperbola egri chizig’ining cho’qqi nuqtalarini aniqlash uchun olti qirraga urinma qilib aylana chiziladi. Natijada 11, 12, 13, 14, 10 va 16 nuqtalar hosil bo’ladi. Gaykaning chapdan ko’rinishini chizishda faskani tasvirlovchi R3=d radiusga uning, ya’ni gaykaning qirra proyeksiyalarini ikkiga bo’lib yoy chiziladi. Bu yoy qirralar bilan kesishib 153, 163, 13, 113 va 123 izlanayotgan nuqtalarni hosil qiladi. Dastlab barcha chizmalar ingichka tutash chiziqda bajarilib, so’ngra ustidan yurgizib chiqiladi.
4-shaklda olti qirrali o’yiqli gaykaning frontal va profil proyeksiyalari ko’rsatilgan. Gaykalarning shartli belgisi quyidagicha yoziladi: Gayka M12-6H 5 GOST 5918-73.
Gayka 2M12X1,25-6H 5 019 GOST 5918-73.
Bu yerda, 2-bajarilishi; 1,25 – rezba qadami; 6N – ruxsat etilgan bo’shliq; 5 – mustahkamlik darajasi; 019 – qoplama turi va uning qalinligi.
Har ikki misol uchun mustahkamlik darajasi V, balandlik va kalitbop o’lchamlar normal bo’lib, ular standartdan aniqlanadi.
Shaybalar. Boltli va shpilkali birikmalarda gaykani mahkamlashda, detallar yuzalarining shikastlanmasligi va kuchlarning bir xil tarqalishi uchun shaybalar ishlatiladi. Shaybalar ikki xil usulda tayyorlanadi. Birinchi usulda shaybalar faskasiz qilib ishlanadi (6-shakl, a). Ikkinchi usulda esa ular faskali qilib ishlanadi (6-shakl, b).
Shaybalar yumaloq va prujinalisimon kabi turlarga bo’linadi. shuningdek, shaybalar ko’rinishlariga nisbatan normal, kattalashgan va kichraygan bo’ladi. Bular A va S aniqlik darajasi bo’yicha ishlanadi.
Shaybalar uchun quyidagicha shartlar belgilanadi: birinchi usul bilan ishlangan shayba uchun 12. 01. 099 GOST 11 371-78.
Bu yerda: 12 – sterjen diametri, 01 – materialning guruhi, 099 – qoplama belgisi va qalinligi, GOST 11371-78 – standart nomeri.
Ikkinchi usul bilan ishlangan shayba uchun 2 12 01 099 GOST 11 371-78. Tashqi kuchlarning ta’sirida va tebranish harakatlari natijasida gaykalarning o’z-o’zidan bo’shashib, buralib ketmasligi uchun prujinasimon shaybalar (GOST 6402-70) ishlatiladi. Prujinasimon shaybalar bir necha xil xossalarga ega bo’lib, quyidagi harflar bilan shartli belgilanadi: L – yengil, N – normal; T – vazminli; OT – alohida vazminli (7-shakl). Bunday shaybalarni belgilashda diametrdan so’ng bajarilish turi yoziladi (N – belgi yozilmaydi). Masalan, shayba 12t GOST 6402-70. Shaybalarning chizmalarini chizish uchun uning kerakli o’lchamlari yuqoridagi standartlardan olinadi. Agar bolt, shpilkalarning rezba diametrlari (d) ma’lum bo’lsa, quyidagi formulalar bilan shayba o’lchamlarini aniqlash mumkin.
Shaybaning: ichki diametri dsh=1,1d,
tashqi diametri Dsh=2,2d,
balandligi Ssh=0,15d,
faska qalinligi c=0,25S.
Endi bolt birikmaning chizmasini chizish uchun gayka, bolt va shaybalarning o’lchamlarni yuqorida keltirilgan standartlardan olib yoki ularning rezbasining diametrlariga nisbatan hisoblab, so’ngra boltning uzunligi quyidagi formula bo’yicha mm da hisoblanadi (1- shakl, a):

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin