O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə35/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

Mavzu: 11 Birikmalar
Reja:

  1. Birikmalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

  2. Boltli birikmalar.

  3. Shpilkali birikmalar.

  4. Vintli birikmalar.

  5. Truba rezbali birikmalar.

  6. Shponkali va shlisali birikmalar.

  7. Payvand chokli, kavsharli va yelimli ajralmaydigan birikmalar.

Tayanch iboralar: Bolt – bir tomoni rezbali silindr sterjen, ikkinchi tomoni esa olti qirrali prizma sirt. Gayka – bolt va shpilkalarning rezbali qismlariga burab kiritiladigan sirt. Shayba – boltli va shpilkali birikmalarga gaykani mahkamlashda, detallar yuzalarining shikastlanmasligi va kuchlarning bir xil taqsimlanishiga ishlatiladigan sirt. Shpilka – ikki uchiga rezba o’yilgan sterjen. Tavrli payvand – detallarni T harfi shaklida payvandlash. Parchin mix – bir uchida qalpog’i bo’lgan silindrik sterjen. Biriktiruvchi list – yupqa metall tunuka. Kavsharlash biriktirish metallni qizdirib qotishma yordamida biriktirish.




1. Birikmalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Har bir mashina, stanok va asbob-uskunalar bir necha detallarning o’zaro birikuvlaridan iborat bo’lib, qandaydir ish bajaradilar. Lekin detallarning tuzilishlari va bajaradigan vazifalariga qarab birikmalar turlicha bo’ladi. Ishlab chiqarishda ko’proq ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar ishlatiladi. Ajraladigan birikma deb – birikma detallari bo’lmasdan, sinmasdan alohida-alohida ajraladigan birikmaga aytiladi. Bularga rezbali, shponkali, tishli ilashmalar, shlisali birikmalar va hokazolar kiradi. Ajralmaydigan birikmalar deb – birikma detallari tashqi kuch ta’sirida parchalanib, sindirilib qismlarga ajraladigan birikmalarga aytiladi. Bularga payvand chokli, parchinli va yelimli birikmalar kiradi.
Rezbali standart detallar va ularning birikmalarini chizish. Texnikada mashina va mexanizmlarning qismlari rezbali detallar ishtirokida o’zaro biriktiriladi. Biriktirish detallariga bolt, shpilka, vint, gayka kabilar kiradi. Bu detallardagi rezbalar profili uchburchak bo’lgan metrik, dyuymli, trubali rezbalardan iborat bo’lib, birikadigan detallarning bo’shashib ketishidan va ularning mustahkamligini saqlaydi. Biriktirish detallari GOST 1759-70 ga asosan tayyorlanadi va bular o’z o’rnida boltli, shpilkali va vintli birikmalar deyiladi.
Bundan tashqari maxsus biriktirish detallari shtiftlar, shplintlar, shponkalar va fitinglar yordamida ham birikmalar bajariladi. Bu birikmalarning chizmalari ma’lum standartlar asosida bajariladi. Quyida har bir birikmalarning tuzilishlari bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin