O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə37/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

L=B1+B2+Ssh+H+a+C yoki L=B1+B2+Ssh+(2+2,5)P
Bu yerda: V1 va V2 – biriktiruvchi detallarning qalinligi, Ssh – shaybaning qalinligi; Hgaykaning balandligi, a – gaykaning chiqib turuvchi bolt uchining uzunligi (1 – 1,5) R qilib olinadi. S – faska qalinligi (ko’pincha r ga teng bo’ladi).
Shuningdek, GOST 7798-70 ga asosan boltga o’yilgan rezbaning uzunligi (L0) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
L0 L(V1+V2)-5
Masalan, sterjen diametri d=36 mm berilgan, materiallar qalinligi V1+V2=50+60 mm.
d ga nisbatan: GOST 7798-70 bo’yicha qadam R=4mm,
GOST 5915-70 bo’yicha gayka balandligi N=29 mm,
GOST 21371-78 ga asosan shayba qalinligi Ssh=5 mm ekanligi aniqlanadi.
Endi boltning uzunligi L hisoblanadi:
L=50+60+5+29+(2...2,5)4=152...155
GOST 7798-70 ga solishtirib, bolt uzunligi yaxlit, ya’ni L=160 mm olinadi. Rezbaning o’yilgan qismi uzunligi L0160-(50+60)-5=55
GOST 7798-70 ga solishtirib, L0=84 mm qilib olinadi. So’ngra, yuqorida aniqlangan o’lchamlar bo’yicha 1-shakldagidek boltli birikma chiziladi.
Boltli birikmalar soddalashgan holatda ham chiziladi. Bu holda teshik va sterjen orasidagi masofa, bolt kalagi, gayka va sterjen uchidagi faskalar ko’rsatilmaydi. Shuningdek, L0 ham chegaralanmasdan, boltning bo’yi bo’yicha ingichka tutash chiziq bilan ko’rsatiladi.
3. Shpilkali birikmalar. Agar birikuvchi detallar birmuncha qalin bo’lib, bolt o’rnatishning iloji bo’lmasa shpilka birikmalaridan foydalaniladi.
Bu birma iki va undan ortiq detallarning shpilka, gayka va shaybalarning o’zaro birikuvidan hosil bo’ladi. Gayka va shaybalarning chizmalarini chizish uslubi bilan yuqorida tanishib chiqqan edik. Quyida faqatgina shpilka va shpilka uyasining chizilishlari bilan tanishamiz.
Shpilka. Shpilka ikki uchiga rezba o’yilgan sterjen bo’lib (8-shakl), uning bir tomoni birikuvchi detallarning bittasiga burab kiritiladi, ikkinchi tomoniga ikkinchi birikuvchi detal kiygizilib va gayka, shayba bilan tortib qo’yiladi.
Shpilka o’lchamlari rezbalarning diametri va shpilka uyasining chuqurliklariga nisbatan standartlashtirilgan (GOST 22032-76-22043-76).
Shpilkalar ikki: A va B ko’rinishlarda tayyorlanadi. A ko’rinishda rezbaning nominal diametri bilan shpilkaning rezbasiz silliq qismining diametriga teng bo’ladi (8-shakl). B ko’rinishda sterjenning rezbasiz qismi (d2) rezbaning (d1) o’rta diametriga teng bo’ladi.
Shpilkaning shpilka uyasiga burab kiritiladigan qismining l1 uzunligi po’lat, latun uchun l1=d cho’yan uchun l1=1,25d va yengil qotishmalardan iborat detallar uchun l1=2,5d qilib olinadi. Shpilkaga metrik rezba o’yiladi, rezbaning qadami mayda yoki yirik bo’lishi mumkin. Shpilkaning yuqori qismi l0=(1,5...2)d ga teng. Shpilkalar uchun quyidagi shartlar belgilanadi:
Shpilka M12X1205,8 0,266 GOST 22032-76.
Bu yerda: d=16 mm; R=2 mm (yirik qadamli); L=120 mm shpilka uzunligi; 5,8 – aniqlik klassi, 026 – qoplama belgisi; 6 – qoplama qalinligi, MKM.
Shpilka uyasi. Birikuvchi detallardan birortasiga (shpilkaning bir tomonini burab kiritish uchun) rezbali uchi berk teshik o’yiladi va bu teshik shpilka uyasi deyiladi (9-shakl).
Teshikning oxirgi uchi 120o li konussimon shaklda tugallanadi. So’ngra metchik yordamida rezba o’yiladi. Teshik chuqurligi l2= l1+0,5d ga teng qilib olinadi. Shpilkali birikmalarning chizmalarini chizish uchun rezba sterjenining diametri d va shpilka uzunligi l asos qilib olinadi (10-shakl).
Shpilkaning uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
l=N2+N+d+s
bu yerda: N2 – birikuvchi detallarning qalinligi, mm; N – gaykaning balandligi, mm; d – gaykaning chiqib turadigan shpilka uchining qismi, mm; s – faska balandligi (s=0,2d) mm.
GOST 2315-68 ga asosan shpilkali birikmalar soddalashgan holatda tasvirlanadi (11-shakl).
Bunda rezba sterjen bo’yicha ko’rsatiladi va shpilka faskasiz chiziladi, rezba chegarasi esa rezba uyasining oxirida tugallanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin