O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Payvand chokli, kavsharli va yelimli ajralmaydigan birikmalar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə40/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

7. Payvand chokli, kavsharli va yelimli ajralmaydigan birikmalar. Payvand chokli birikmalar. Payvand chokli ajralmas birikmalar, birikuvchi ikki yoki bir nechta detallarning biriktirilgan joylarini erish darajasigacha qizdirib, payvandlash joyiga elektrod yoki metall xivich kiritib hosil qilinadi. Elektrod yoki metall xivich suyuqlanib ikki detal orasidagi bo’sh joyni to’ldiradi va sovigandan keyin ma’lum qattiqlikdagi payvand chokni hosil qiladi. Payvandlash birikmalari detallarning bir-birlariga nisbatan qo’yilish holatlariga qarab quyidagi standart payvand choklariga bo’linadi (18-shakl, a – ko’ndalang kesim yuzasi; b – shartli belgilanishi): 1 – uchma-uch chok S harfi bilan belgilanadi, bunda ikki detal bitta tekislikda yotadi; 2 – burchakli chok – U harfi bilan belgilanadi. Bunda ikki detalning tegib turgan joyidan payvand chok solinadi; 3 – tavrsimon chok T harfi bilan belgilanadi. Bunda bitta detal yon tomoniga, ikkinchi detal burchak ostida turgan holda uning oldi tomonidan payvand qilinadi; 4 – ustma-ust chok N harfi bilan belgilanadi. Bunda birikuvchi detallar ustma-ust joylashgan bo’lib, birinchisini ikkinchisi berkitadi. Choklar bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lib, payvand qilinadigan nuqtalar zanjirsimon va shaxmat tartibida joylashtiriladi. Bundan tashqari choklar uzluksiz yoki uzuq bo’lishi ham mumkin. Bunda uzuq choklar bir xil masofalarda joylashtiriladi. Choklar yakka nuqtasimon ham bo’lishi mumkin. Payvandlash turlari asosan ikki xil yo’l bilan, ya’ni elektr yoyi va gaz alangansi yordamida amalga oshirish keng tarqalgan. Payvand birikma choklari GOST 2312-72 ga asosan, ko’rinadigan va ko’rinmaydigan shtrix chiziqlar bilan tasvirlanadi. Ko’rinadigan yakka nuqtasimon chok + belgi bilan belgilanadi va uning o’lchami 5...10 mm bo’lib, chizmada u asosan tutash chiziq bilan chiziladi. Chizmada ko’rinmaydigan yakka chok tasvirlanmaydi. Payvand choklarni chizmada belgilash uchun chiqarish chizig’i chiqariladi va unga bir tomonlama strelka qo’yiladi. Bu chiziqning bir uchi chokka tegib turadi, ikkinchi uchidan esa gorizontal chiziq tortiladi. Ko’rinadigan chokning belgisi gorizontal chiziq ustiga, ko’rinmaydigan chokning belgisi gorizontal chiziq tagiga qo’yiladi. Shuningdek, payvand choklar quyidagi yordamchi belgilarga ham ega:

  1. G buyumlarni montaj qilish vaqtida bajariladigan chok belgisi;

  2. / uzuqli yoki yo’nalgan payvand choklarining zanjirsimon tartibda joylashish belgisi;

  3. Z uzuqli va yo’nalgan payvand choklarining shaxmatsimon tartibda joylashishi;

  4.  yopiq bo’lmagan chiziqlardagi choklar belgisi;

  5.  yopiq chiziqlar bo’yicha bajariladigan choklar belgisi;

  6.  choklar kuchaytirgichini olib tashlash belgisi;

  7. u choklarning bo’rtib chiqqan va g’adir-budir joylariga ravon ishlov berish belgisi.

18-shaklda, b da payvand choklarining belgilanishi va ularning o’qilishi to’g’risida misollar keltirilgan.
Kavsharli birikmalar. Kavsharlangan birikmalar ajralmaydigan birikmalar turiga kirib, asbobsozlik va radiotexnika kabi sanoatlarda detallarni o’zaro biriktirish, ularni zanglashdan saqlashda keng miqyosda qo’llaniladi. Texnikada quyidagi kavsharlash usullari ishlatiladi:

  1. Qizdirib kavsharlash.

  2. Gaz alangasi yordamida.

  3. Lazer yordamida.

  4. Elektron nurlari yordami va h.k.

Kavsharlash choklarining turlari, konstruktiv elementlari to’g’risidagi asosiy ma’lumotlarni GOST 19249-73 va chizmalarda ularni shartli tasvirlash qoidalarini GOST 2.313-82 dan olish mumkin. Kavsharlash choklarining asosiy konstruktiv elementlariga chokning qalinligi (birikuvchi detallar orasidagi masofa), eni va uzunligi kiradi. Choklar harf va sondan iborat bo’lgan belgisi hamda kesimdagi o’lchamlari, chok uzunliklari bilan belgilanadi. Masalan, uchma-uch chok PN – 1, qalinligi 0,05 mm, 10 mm va chokning uzunligi 150 mm bo’lsa quyidagicha belgilanadi: PV – 1 0,5X10X150 GOST 19249-73. Kavsharlangan choklar ham payvand choklar singari quyidagi turlarga bo’linadi (19-shakl): a – ustma-ust; b – uchma-uch; v – tavrsimon; g – burchakli; d – o’zaro urinuvchi. Kavsharlash xillari yoki berilgan qirqim turlaridan qat’iy nazar, choklar GOST 2-313-82 (ST SEV 138-81) ga muvofiq asosiy uzluksiz chiziq – 2S qalinligida tasvirlanadi. Kavsharli birikmalar shartli belgisi C asosiy chiziq bilan ko’rsatiladi (20-shakl). Agar aylana parametri bo’yicha kavsharlangan chok bo’lsa, chiqarish chizig’ining oxiri diametri 3-5 mm bo’lgan aylana bilan tugullanadi (20-shakl, a).
Yelimli birikmalar. Ishlab chiqarishda yelimli birikmalar yog’ochlarni, plastmassalarni va yupqa metallarni bir-biri bilan biriktirishda ishlatiladi. Birikmalar mustahkam bo’lishi uchun yelimlarning xillariga qarab, yelim choklarining qalinligi katta ahamiyatga ega.
Masalan, agar PEF-2/10 markali yelim ishlatilsa choklar qalinligi 0,1-0,2 mm, BF-2 va BF – 4 kabi yelimlar uchun choklar qalinligi 0,5-0,25 mm olish tavsiya etiladi.
Yelimli birikmalar kavsharlash birikmalari bilan bir xil belgilanadi, lekin yelimli birikmalarda chiqarish chizig’i «K» harfiga o’xshash belgi qo’yiladi (21-shakl, a, b). Texnik talablarga muvofiq yelimli moddalar quyidagicha belgilanadi: BF – 10 GOST 22345-77.

Savollar:



  1. Birikmalar necha xil bo’ladi?

  2. Ajraladigan birikmalarga qaysi birikmalar kiradi?

  3. Ajralmaydigan birikmalarga qaysi birikmalar kiradi?

  4. Rezbali biriktirish detallariga qaysilar kiradi?

  5. Bolt rezbasining ichki diametri nimaga teng?

  6. Gayka kallagining balandligi qaysi tenglama bilan aniqlanadi?

  7. Bolt kallagining balandligi qaysi tenglama bilan aniqlanadi?

  8. Shaybaning tashqi diametri nimaga teng?

  9. Shaybaning ichki diametri nimaga teng?

  10. Qanday birikma payvand birikma deyiladi?

  11. Payvand birikmaning qanday turlarini bilasiz?

  12. Qanday birikma parchin mixli birikma deyiladi?

  13. Qanday birikma kavsharli birikma deyiladi?

  14. Kavsharlab va yelimlab biriktirishning qanday shartli belgilari bor?

Adabiyotlar:

  1. Yu.Qirg’izboyev va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.

  2. U.Abdullayev. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  3. J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin