O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Detallarning ish chizmalarini chizish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə42/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

2. Detallarning ish chizmalarini chizish. Detallarning ish chizmalari GOST 2.109-73 da ko’rsatilgan qoidalar asosida chiziladi. Detallarning ish chizmalari deb, shunday hujjatga aytiladiki, ularning tasvirlarida detallarni tayyorlash va nazorat qilish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. Detallarning ish chizmalari umumiy yig’ma chizmalar yoki detallarning eskizlari bo’yicha chiziladi. O’quv jarayonlarida detalning ish chizmasi ko’pincha uning eskiz yoki yig’ma chizma birligi bo’yicha tuziladi. Bu jarayon quyidagi tartibda bajarilishi lozim:

  1. Eskizga asosan chizmaning formati tanlanadi. Bunda detal chizmasining masshtabi, uning o’lchamlari va geometrik tuzilishlarini hisobga olish lozim.

  2. Chizma qog’oziga format ramkasi chiziladi va asosiy yozuv uchun joy qoldiriladi.

  3. Detal ko’rinishlarining tasvirini joylashtirish uchun chizma qog’ozi maydonidan to’g’ri to’rtburchak shaklida joy belgilanadi.

  4. Tasvirning simmetriya o’qlari va detal qismlarining o’q va markaz chiziqlari o’tkaziladi.

  5. Detallarning barcha ko’rinishlari ingichka chiziq bilan chizib chiqiladi.

  6. Ichki kontur chiziqlar chiziladi.

  7. Detal qismlarining qiyofasi chizib chiqiladi.

  8. Kerakli bo’lgan kesim va qirqimlar bajariladi.

  9. Chiqarish va o’lcham chiziqlari chiziladi.

  10. Detalning o’lchamlari va shartli belgilari qo’yiladi.

  11. Bajarilgan chizma tekshirib chiqiladi va ortiqcha chiziqlar o’chiriladi, so’ngra GOST 2.303-68 normalariga asosan chizma chiziqlarining ustidan yurgizib chiqiladi.

  12. Asosiy yozuvi GOST 2.104-68 va GOST 2.109-73 ga asosan to’lg’aziladi. 4-shaklda korpusning ish chizmasi uch ko’rinishda bajarilgan.

3. detal yuzalarining qadir-budirligi va chizmada ularning belgilanishi. Ishlatish o’rinlariga qarab detal yuzalariga ma’lum darajada ishlov beriladi. Agar mikroskop yordamida detal yuzalariga qaralsa yuzalarning notekisligi, ya’ni g’adir-budirligini ko’rish qiyin emas. Detallar bir-birlari bilan urinib harakat qilishi jarayonida yemiriladi, bu esa uning mustahkamligiga putur yetkazadi.
Yemirilish jarayonini kamaytirish maqsadida detal yuzalaridagi notekisliklarning shakliy tuzilishlarini maxsus (profilomer, profilograf) asboblarda o’lchab g’adir-budirlik darajasi o’rganiladi. O’quv jarayonlarida esa detal yuzalaridagi g’adir-budirliklar maxsus ishlangan va tavsiya etilgan etalonlarga solishtirib aniqlanadi. 5-shaklda sirt normal tekislik bilan kesilganda hosil bo’lgan profil kesim yuzasining bir qismidagi qadir-budirlik, chiqiqlar va botiqlar diagramma ko’rinishida tasvirlangan.
Amalda chiqiqlar balandligi va botiqlarning mikrotekisligi 0,08 dan 500 mkm oralig’ida bo’ladi (mkm – mikrometr 0,001 mm ga tengdir). GOST – 2789 – 73 ga muvofiq yuza notekisligi L o’zak uzunligi bo’yicha mikrogeometrik tuzilishlari bilan bog’liq bo’lgan Ra va Rz parametrlar bilan aniqlanadi. Bu yerda: Ra – profilning o’rta arifmetik chekli chetga chiqishi, ya’ni profil nuqtalaridan uning o’rta chizig’igacha bo’lgan masofalarning o’rtacha qiymati.

Rz – profilning notekislik balandligi.
Bu balandlik beshta eng katta chiqiqlar cho’qqisi va eng kichik beshta botiqlar oralig’idagi masofalarning o’rtacha qiymatlari bo’yicha aniqlanadi:

Ra va Rz parametrlarning qiymatlarini aniqlash uchun 5-shakldagi diagrammaning o’rtacha chizig’i m o’tkaziladi. O’rta chiziqdan yuqori va pastki qismlar bir xil yuza maydoniga tengdir. GOST 2789-73 ga muvofiq buyum yuzalarining g’adir-budirligi 14 ta klasslarga bo’linadi.
G’adir-budirlik klassi oshib borgan sari yuza notekisligi kamayib sir tekis bo’ladi. Masalan, 14-klassdagi yuzalar g’adir-budirligi eng yaxshi sifatli silliq sirt hisoblanadi. 1-klassdagi g’adir-budirlik esa ishlov berilmagan dag’al yuzadir. Detalning chizmalarida g’adir-budirlik GOST 2.309-73 ga asosan 6-shaklda ko’rsatilgan belgilar bilan ifodalanadi.
Agar yuzaga berilgan ishlov hisobga olinmasa 6-shakl, a dagi belgi qo’yiladi, yuzagi ishlov berib yo’nilgan bo’lsa 6-shakl, b dagi belgi, sirt yuzalari yo’nilmay quyma holatda bo’lsa 6-shakl, v dagi belgi bilan ifodalanadi. Belgilardagi h qabul qilingan raqamlar balandligi H=(1,53)h ga teng bo’ladi. Belgi cho’qqisidagi burchak 60o qilib chiziladi. Belgi chizig’ining qalinligi S/2 bo’ladi.
612 klass g’adir-budirliklari uchun Ra ni qiymatlari 2,5; 1,25; 0,63; 0,32; 0,16; 0,08; 0,04 va 15 va 1314 klasslar uchun Rz ni qiymatlari 320; 160; 80; 40; 20 va 0,1; 0,05 ga tengdir.
Agar detaldagi yuzalar bir xil g’adir-budirlikka ega bo’lsa tasvirga belgi qo’yilmaydi, balki chizma maydonining yuqori o’ng tomonidagi burchagiga umumiy V belgi qo’yiladi (7-shakl, a). Buyum yuzalari bir xil g’adir-budirliklardan iborat bo’lmasa, chizmaning yuqorisidagi o’ng maydonidagi burchakka, nisbatan ko’proq bo’lgan belgi qavs ichiga olib ko’rsatiladi, qolgan g’adir-budirliklar belgisi qavs oldiga qo’yiladi (7-shakl, b).
Notekisliklar qiymatlarini yozishda Ra belgisiz yoziladi, masalan, 1,25 Rz belgidan keyin raqam yoziladi. Masalan, Rz 80 (7-shakl). G’adir-budirlik belgilari kontur, chiqarish chiziqlari, shuningdek, o’lcham chiziqlariga ham qo’yiladi va ular o’sha chiziqqa tegib turishi kerak.

Savollar:



  1. Eskiz deb nimaga aytiladi?

  2. Eskiz qanday tartibda belgilanadi?

  3. Detalning eskizini chizishda qaysi markali qalamlardan foydalaniladi?

  4. Eskiz qanday qog’ozda chiziladi?

  5. Eskizni tuzishda necha qismga bo’lib chizish maqsadga muvofiq va ular qaysi qismlar?

  6. Detalning ish chizmasi qaysi qoidalar asosida chiziladi?

  7. Detalning ish chizmasi deb qanday hujjatga aytiladi?

  8. O’quv jarayonida detalning ish chizmasi qaysi chizma birligi bo’yicha tuziladi?

Adabiyotlar:



  1. Yu.Qirg’izboyev va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.

  2. U.Abdullayev. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  3. J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin