O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Yig’ish chizmalarini o’qish va ularni detallarga ajratib chizish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə44/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

2. Yig’ish chizmalarini o’qish va ularni detallarga ajratib chizish. Bir necha detallarning yig’ilgan holatdagi chizmalarini o’rganish va o’qish usullaridan biri uning har bir detalini alohida-alohida ajratib olib ish chizmasini chizishdan iborat. Detallarning ish chizmalarini chizishdan avval, yig’ish chizmalari tarkibiga kiruvchi har bir detalning geometrik tuzishi, nomi, materiali, vazifasi, shuningdek, ko’rinish soni, qirqim, kesim va o’lchamlari bilan tanishib chiqiladi. Bundan tashqari detallarning o’zaro birikish usullarini aniqlab, berilgan qirqimlardagi shtrix chiziqlarning qarama-qarshi chizilganligidan foydalanib, har bir detalning chegara chizig’i aniqlanadi. GOST 3.301-68 standartga muvofiq formatlar tanlanadi va yig’ish chizmasidagi masshtabga rioya qilingan holda detallarning ish chizmalari chiziladi. 10-shaklda suyuqlik va gazlarning harakat yo’nalishlarini belgilab turuvchi gaz jo’mragining yig’ilgan holatidagi chizmasi II1, II2 va II3 tekisliklardagi ko’rinishlarda tasvirlangan. Yig’ish chizmasining bosh ko’rinishiga berilgan qirqim tiqin 5, korpus 2 va dasta 1 larning o’zaro birikishlari, shuningdek, ularning geometrik tuzilishlarini aniqlashga imkon beradi. Shayba 3 va gayka 4 korpus va tiqinlarning zich bo’lib birikish holatlari ko’rsatilgan. 10-shakl, b da yig’ish chizmasining spesifikasiyasi berilgan. Detallarning ish chizmalarini oddiy detallardan boshlab maqsadga muvofiq. 11-shaklda eng oddiy detal – shayba 3 ning ikki ko’rinishdagi chizmasi tasvirlangan bo’lib, unda detalning ichki tuzilishidagi bo’shliqni ko’rsatish uchun qirqim berilgan. 12-shaklda dasta 1 ning ikki (II1, II2 tekislikdagi) ko’rinishdagi ish chizmasi ko’rsatilgan. Dastaning bir uchidagi to’rt burchakli bo’shliqni ko’rsatish uchun bosh ko’rinishga mahalliy qirqim berilgan. 13-shaklda tiqinning uch II1, II2, II3 tekisliklardagi ish chizmasi tasvirlangan. Suyuqlik va gaz o’tadigan teshikni ko’rsatish maqsadida chizmaning bosh ko’rinishiga mahalliy qirqim berilgan. Berilgan qirqim tiqinning ichki shaklini va uning o’lchamlarini aniqlashga imkon beradi. Chizmani chapdan II3 tekislikdagi ko’rinishi esa konussimon o’yilgan teshikning shaklini tasvirlaydi. 14-shaklda jo’mrakning yig’ish chizmasidan korpus 2 ni alohida ajratib olib, uningII1, II2 va II3 tekisliklardagi chizmalari ko’rsatilgan. Detalning ichki geometrik tuzilishlarini aniqlash uchun chizmaning frontal va profil proyeksiyalariga qirqim berilgan.
15-shakl, a da ventilning yig’ma chizmasining gorizontal, frontal va profil proyeksiyalari tasvirlangan. Ma’lumki, ventil trubalaridan o’tuvchi par, gaz, suv va boshqa suyuqliklarni rostlab turish uchun ishlatiladi. 15-shakl, b da yig’ma chizmaning spesifikasiyasi berilgan.
Ventil tarkibiga kiruvchi korpus 1 rezbali teshikdan iborat bo’lib, unda shpindel 3 burab kiritilgan. Shpindel pastki qismidagi uyaga rezba o’yilgan bo’lib, klapan 2 bilan mahkamlangan. Gayka 6 korpus 1 ga rezba yordamida burab biriktirilganda, gayka vtulka 5 ning ezilishi natijasida tiqin 7 zichlanadi. Chizmada ventil yopiq holatda tasvirlangan. Suyuqlik yoki gaz o’tuvchi trubadan (chizmada ko’rsatilgan) korpus 1 ga tushadi. Shpindel 3 yordamida klapan 2 birga yuqoriga ko’tariladi. Natijada korpusning pastki qismidagi teshik ochiladi, suyuqlik esa shu teshik, ya’ni korpusning ikkinchi teshigi orqali trubalarga tarqaladi. Ventil tarkibiga kiruvchi korpus 1, shpindel 3, gayka 6 va klapan 2 detallarning ish chizmalari 16, 17, 18, 19-shakllarda tasvirlangan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin