O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə39/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

5. Truba rezbali birikmalar. Truba rezbali birikmalar asosan suv, neft, gaz o’tkazuvchi qurilmalarda ishlatiladi. Bu birikmalarni hosil qilish uchun birikuvchi ikkita truba va birikuvchi mufta detallarning o’zaro birikmalari bo’lishi lozim. Rezbali trubalarni shartli DU diametri asosida standartdagi jadvallardan trubalar va biriktiruvchi qismlarning o’lchamlari aniqlanadi, so’ngra ularning chizmalari chiziladi. Birikuvchi trubalarning diametrlariga qarab har xil shakldagi fitinglar, ya’ni to’g’ri burchakli ugolniklar, muftalar ishlatiladi. Truba va trubali birikmalarning chizmalarini chizish qoidalari GOST 2-411-72 da batafsil bayon etilgan. 14-shakl, a da to’g’ri chiziq bo’yicha joylashgan trubalarni (1), to’g’ri mufta (2) yordamida, 14-shakl, b da esa ikkita trubaning (1) ugolnik (3) yordamida birikishi ko’rsatilgan.
6. Shponkali va shlisali birikmalar. Rezbali birikmalardan tashqari shponkali va tishli birikmalar ham ajraladigan birikmalar turkumiga kiradi. Shponkali birikmalar tuzilishi jihatidan sodda va mustahkam bo’lganligi uchun mashinasozlikda keng ko’lamda ishlatiladi.
Shponkalar qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas harakatlanuvchi birikmalardagi shkiv, maxovik, yarim mufta va tishli g’ildiraklar kabi detallar bilan val, o’qlarini o’zaro biriktirib, ularning harakat jarayonida mustahkamligini saqlash uchun ishlatiladi.
Shponkali birikmalar shponkaning bir qismi valning o’yig’iga, ikkinchi qismi esa ikkinchi detalning, masalan g’ildirakning o’yig’iga kiritilgan bo’ladi. Shponkalar prizma (15-shakl, a, b, v) segmentsimon (16-shakl, a) va ponasimon (16-shakl, b) shakllarda bo’lib, uning ko’ndalang kesimi to’g’ri burchakli to’rtburchak iborat. Shponkalarning shakli va o’lchamlari standartlashgan bo’lib, valning diametri va detallarning harakatlanish jarayonlariga qarab tanlanadi. Prizmasimon shponka ko’proq qo’llaniladi va uning ko’ndalang kesimining o’lchamlari valning diametrlari bo’yicha aniqlanadi. Masalan, valning diametri d=28 mm bo’lsa, shponkaning ko’ndalang kesimidagi eni b=8 mm, balandligi h=7 mm ga teng keladi. Tanlangan shponka uchun detaldagi o’yiqning o’lchamlari: val uchun t1=4 mm; vtulka uchun t2=3,3 mm. Shponkali birikmalarda asosan t1 o’lcham va g’ildirak vtulkasining chizmasida esa d+t2 o’lchamlari ko’rsatiladi. Shponkaning uzunligi GOST 23360-78 (ST SEV 189-75) ga qarab 6 dan 500 mm oraliqda bo’ladi. Yuqoridagi misol uchun prizma uzunligi L=45 mm ga teng. Shponkalar shartli ravishda quyidagi tartibda belgilanadi:
A bajarilish uchun shponka 8X7X45 GOST 23360-78.
S bajarilish uchun shponka S 8X7X45 GOST 23360-78.
Segmentli shponkalar GOST 24071-80 (ST SEV 647-77) ga asosan tayyorlanadi. Val detallar birikmasida vtulka ensiz bo’lsa ko’pincha segmentli shponkalar ishlatiladi (16-shakl, a).
Segmentli shponkaning shartli belgilanishiga misol keltiramiz: Shponka 5X6,5 GOST 24071-80; bunda 5 – shponkaning eni; 6,5 – shponkaning balandligi. Ponasimon shponkalar GOST 24068-80 (ST SEV 645-77) larga asosan tayyorlanadi. Bu shponka sekin harakatlanuvchi mexanizmlarda ishlatiladi. Shponka o’yiqlarga kiritilganda ikki yon tomondan bo’shliq qoladi (17-shakl, b). Ponasimon shponkalar quyidagicha belgilanadi: shponka 4X18X11X100 GOST 24068-80. Bu yerda: 4 – bajarilish xili, 18X11 – shponkaning ko’ndalang kesimi (18-eni). 100 – shponkaning uzunligi.
Shponkalarning shakli xillari yoki o’lchamlaridan qat’iy nazar, bo’ylama qirqimlarda kesilmagan holda tasvirlanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin