O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


Qadimgi Yunon va Rim notiqligi tarixi



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Qadimgi Yunon va Rim notiqligi tarixi


isbotlab berishga intilish, inson I ar orasidan so'zamol notiqlaming 
chiqishiga zarurat tugdirgan hamda notiqlik san'atining paydo 
bo'lishiga sabab bo'lgan. Buning uchun esa. avvalo, ma'lum ijtimoiy 
sharoit va muhit zohir bo'lishi lozim edi. So'z crkinligi ana shunday 
sharoitlardan muhimi sanaladi. Qadim Yunonistonda demokratiya 
tuzumining o'rnatilishi natijasi o'laroq, xalq yig'inlarida, scnat ken- 
gashlarida davlat ishlarida, sud ishlarida mamlakatning har bir ozod 
kishisi erkin nutq so'zlash huquqiga ega bo'lgan.
Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni istagan, lashkar- 
boshilikni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli va ta'sirchan nutq 
so'zlash san'atini egaliash inajburiy bir ehtiyojga aylangan. Bunday 
shaxslar xalq yig'inlariga to'plangan odamlar oldiaa nuiq so'ziab 
yutuq yoxud maglubiyat quchganlai. Ular orasida so'zga chcchanlari 
keskin dalillar bilan xalqni ishontmb odob bilan so'zlagan davlat 
arboblari xalq nazariga tushib yanada obro' orttirganlar, gapni eplab 
gapira oimaganlari esa xalq nazaridan qolganlar. O'sha davr notiqligi 
haqida keyingi davr yozuvchilarining guvohlik berishlaricha, 
Femistokl va Perikllar Afina demokratiyasining yo'lboshchilan 
bo'lishlari bilan birga nihoyatda kuchli notiq bo'lganlar. Afinada 
notiqlik san'atining keng rivoj topishiga sud tartibot qoidalarining 
ham kuchli ta'siri bo'lgan. O 'sha davr sud mailislarida sudlanuvchi 
yoki da'vogar o 'z fikrlarini ishonchli isbotlar asosida gapira olishi 
lozim bo'lgan. Biroq sudlashuvchilarda bunday so'zga chechanlik 
qobiliyatiga ega bo'lganlar deyarli bo'imagan. Demak. ularga masla- 
hat berib ko'maklashadigan, ular ishi yuzasidan sudda gapirishi 
kerak bo'lgan gaplami yozib beradigan zukko shaxslarga ehtiyoj 
paydo bo'ladi. Natijada qadimgi yunon tilida "logograflaf’ deb 
ataladigan, tajribali qonunni biladigan “advokat"larga ehliyoj tug'i- 
ladi. Logograflar esa sudda qatnashayotgan jinoyatchi va da'vogar- 
larga nimani gapirishi lozimligini yozib berganlar va shu mehnatlari 
evaziga haq olganlar. Logograflar odamlarning hojatlarini chiqarish
18


hisobiga qalam haqi olib kun kechira boshladilar. Logografiyaning 
tirikchilik vositasiga aylanishi Notiqlik san'atining rivojida muhim 
rol o'ynaydi. Dastlab “Notiqlik san'ati”ning asta-sekin siyosiy va 
sud notiqligi vujudga keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug' 
zotlarni madh qiluvchi epidektik notiqlar maydonga keladi.
Afmada eramizdan oldingi V asr o'rtalarida notiqlik san'ati 
shakllangan bo'lsa-da adabiy faoliyat o'm ida qabul qilinmagan va u 
nutqlaming matnlari bosilmagan.
Bu san'atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko'targan hamda 
notiqlikka ilmiy yondoshgan kishilar sofistlar hisoblangan. Ular 
o'zlaridan oidin o'tgan notiqlarning faoliyatlarini nazariy asoslashga 
kirishib, “Rstorika” ilmini yaratadi. Oldin notiqlami “Ritor” so'zi 
bilan atashib, so'ngra notiqlik san'atidan sobiq o'rgatuvchilarni 
“Ritor”lar deb ataydilar.
Sitsiliya oroli ritorikaning asl vatani hisoblanadi. U joylarda V 
asr o rtalariga kelib demokratiyaning yo'lga qo'yilishi, Notiqlik 
taraqqiyoti uchun omil bo'ldi. Qadimgi yunonlar sitsiliyalik K orak 
hamda Tisiylami ritorikaning asoschilari deb tan olganlari holda
ulardan deyarli hech narsa etib kelmagan. Biroq, ularga vatandosh 
bo'lgan sofist Gorgiy (taxminan 483-376) ni ritorikaning birinchi 
namoyandasi deb bilishgan. A.Alimuhamedovning (Antik adabiyot 
tarixi, Т.: O'qituvchi, 1969) ma'lumotiga ko'ra: “Gorgiy 427 yilda 
o 'z shahri Leontina uchun harbiy yordam so'rab maxsus elchi 
sifatida Afinaga keladi va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina 
yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiradi; Shundan keyin ko'p 
o'tmay Gorgiy butunlay Afinaga к о 'chib kelib, shu erda ritorika 
maktabi ochadi va o'z shogirdlariga so'z san'atini o'rgatish baro- 
barida notiqlik bilan ham shuqullanadi. Gorgiy, asosan mifologik 
ma'ruzalarda tantanali nutqlar so'zlagan, uning nomi ostida bizga 
qadar “Elena” va “Palimed” sarlavhali lkkita yozma nutq etib kel- 
gandir. Gorgiyning aytishicha, notiqning eng muhim vazifasi ting-

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin