lovchini ishontirish, uni maftun etish, rom qilishdir. Maftun etishning asosiy vositasi sifatida yozuvchi birinchi o'ringa uslubni qo'yadi va shu maqsad bilan o'zining asarlarida “go'zal” uslubning namuna- larini namoyish qilmoqchi bo'ladi. Agar siz Gorgiyning asarlarini ko'zdan kechirsangiz, bu odam tashviq etgan “fusunkor” uslubning faqatgina jim-jimador tashqi bezaklardan, tamtaroqli balandparvoz iboralardan boshqa narsa emasligiga aslo shubbangiz qolmaydi. Darhaqiqat, notiqning bizga qadar etib kelgan asarlarida tantanali epitetlar, majoziy ifodalar haddan tashqari ko'p uchraydi. Yozuvchi, hatto jumlalarni ham bo'q'in-bo'q'inlarga bo'lib, ulaming har birini bir xil uzunlikda to'qiydi va har qaysi jumlaning oxirini bir-biriga o'xshash qofiyadoshroq so'zlar bilan tugatadi. Qadimgi yunonlar Gorgiyning usulmi “jimjimador uslub” yoki avtoming nomiga nisbat berib "Gorgiy uslubi” deb ataganlar (199-bet). Gorgiyning bu uslubi zamondoshlariga yoqib qolgan va ularda kuchli ta'sir uyg'otgan. Shuning uchun ham uning ijodi uzoq yillar Notiqlik prozasining asosiy namunasi sifatida mashhur bo'ladi. Ellinizm davrining olimlari Afinada yashab ijod etgan notiqlar- dan o'nta notiqni mashhur va ulug'laridan deb, ritorika ilmini o'rga- nishda ulaming asarlaridan foydalanishni afzal bilganlar. Shuning uchun bo'lsa kerak Antifont, Andokid, Lisiy, Isokrat, Isey, Likurg, Demosfen, Esxin, Giperd va Dinarxlaming asarlari bizgacha etib kelgan. Lisiy (taxminan 459-380) Afinada yashab ijod etgan mashhur notiqlar orasida eng mo'ta- barlaridan sanalgan sitsiliyalik Lisiydir. Uning otasi Perklning taklifi