O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

SO'ZBOSHI
Mazkur q'o'llanm a Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston 
Milliy universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti talabalariga “Notiq­
lik san'ati” kursini o'tish jarayonida o'qilgan ma'ruzalar asosida 
yaratildi. Chunki filolog bo'lishni orzu qilgan talabalar to'g'ri va 
savodli yozish, o'qish hamda uqish bilan birga chiroyli gapirish, 
madaniy nutq va Notiqlik san'ati sirlaridan voqif bo'lishlari ham 
qarz, ham zarur. Ayniqsa hozirgi tezkor zamonda Mustaqil O 'zbe­
kiston fuqarolarida yangicha dunyoqarashning shakllanishida notiq­
lik san'ati sabog'i muhim ahamiyatga ega.
Notiqlik san'ati, avvalo, notiqdagi mavjud qobiliyat va iste'do- 
dni shakllantirishga qaratilgan soha bo'lib, u notiqning qobiliyati 
hamda iste'dodini o'rganuvchi va shakllantiruvchi ilm.
Notiqlik san'ati - azaliy mumtoz fan sifatida butun borlig'i bilan 
aqlni charxlaydigan, jamiyat hayotini boshqarishda aql-farosat 
uskunasi bo'lib shaxsning shakllanishini uning so'zi, nutqiy mahorati 
orqali namoyon etib kelgan va jamiyat taraqqiyotining yanada 
farovonligi sari etaklagan.
Hozirgi kunda, xuddi qo'shni mamlakatlarda bo'lgani kabi, 
Notiqlik san'ati ilmini milliy ruhda, milliy qadriyatlarimizga 
tayanganimiz holda yaratish hamda mazkur fanning respublikamiz 
oliy va o'rta maxsus q'quv yurtlarida alohida filologik fan sifatida 
o'qitilishiga erishish milliy ma'naviyat jonkuyarlari oldida turgan 
muhim vazifalardan sanaladi.
Notiqlik san'ati “Ritorika” nomi bilan qadimiy tarixga ega. 
Shuni hisobga olib, qo'llanmadagi notiqlik tarixini yoritishda K. 
Oripov, M. Obidovalaming «Ifodali o'qish» (T; O'qituvchi 1994), 
kitobiga asosladik. Tarixning guvohlik berishicha “Notiqlik san'ati”- 
ni o'rganish va mohir notiq bo'lish hammaga ham nasib etaverma-
3


gan. Notiq bo'lish uchun Qadimgi Yunon va Rimda Notiqlik 
maktablari yaratgan Demosfen, Tsitseron kabi juda ko'p mashq, 
mehnat va mashaqqatlami engib o'tmoq lozim bo'ladi. Maqsad 
yo'lida mehnat va mashaqqatlami engish qiyin emas, faqat bitta 
narsa sabr-toqat bilan mashq qilish kerak. Mazkur ishimiz bu 
sohadagi dastlabki qo'llanmalardan biri bo'lganligi bois, unda baxsli 
o'rinlar bo'lishi tabiiy. Bu borada foydali maslahatlar bildirgan 
hamkasblarga va kitobxonlarga minnatdorchilik bildirib, keyingi 
ishlarimizda albatta inobatga olamiz.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin