O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Tsitseron (103-43)
Mark Tulliy Tsitseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimdan uzoq 
bo'lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keldi. Uning 
bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli erlarda o'tadi. Otasi 
o'z farzandiga yaxshi ta'lim-tarbiya berish maqsadida Rimga к о 'chib 
o'tadi. Tsitseron u erda yunon murabbiylari qo'lida tahsil ko'radi. 
Yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, Yunonistonning 
mashhur so'z ustalari Litsiniy, Krass va Mark Antoniy kabi notiqlar- 
dan so'z san'atining nozik sir-asrorlarini o'rganadi, ularning ajoyib 
nutqlarini tinglaydi.
Bo'lajak notiq ayni vaqtda falsafa bilan shuqullanadi. Lekin uni 
ko'proq notiqlik san'ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlaming turli 
mimika va harakatlar bilan so'zlayotganini к о 'rib, notiq bo'lish 
uchun aktyorlikdan ham xabardor bo'lish kerak ekan, degan xulosa-
30


ga keladi. Shuning uchun Ezop va Rostsiy kabi o'z davrining mash- 
hur aktyorlaridan sabog' oladi.
Tsitseron uzoq tayyorgarlikdan so'ng, 25 yoshida birinchi 
marotaba xalq oldida nutq so'zlashga jur at etadi. U avval fuqarolik, 
so'ngra jinoiy ish jarayoni bo'yicha gapiradi. Biroq uning bu nutqiga 
davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashhur notiqlar qarshi 
chiqadi. Shundan so'ng u ritorika va falsafa Fanlaridan mukammal- 
roq nazariy bilim olish maqsadida zamonasining buyuk notiqlaridan 
hisoblangan Antio Askalonskiydan ta'lim oladi. So'ngra mashhur 
so'z ustalaridan o'rganish niyatida Kichik Osiyoning bir qancha 
shaharlarini kezib chiqadi.
U ancha vaqtgacha nutq so'zlashda yangi usullar qidiradi. Niho- 
yat Osiyo hamda Attika (O'rta Gretsiyaning Yunoniston janubi- 
sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol Attika 
deb ataladi) usullari omuxtasidan iborat bo'lgan yangi bir uslub ka- 
shf etadi. Tsitseron zamonasining ko'pchilik so'z ustalari singari o'z 
faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, ibora- 
larining jonliligi, jumlalaming nafis bo'lishiga katta e'tibor beradi.
Tsitseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san'atining sirlarini 
o'rganib yurgan vaqtida Rim hukmdori Sull vafot etadi. Shundan 
so'ng yosh notiq Rimga qaytib keladi va 31 yoshidan boshlab davlat 
ishlarida ishtirok etadi.
Tsitseron konsullik lavozimiga saylangach, butun notiqlik 
mahoratini siyosiy nutqlarga baqishladi. U suddagi nutqlarida o'zi 
yaratgan uslubdan foydalanib, raqiblarini “qo'loyoqi bog'langan 
quyonday taslim qildi”. Hukmdor Rull tomonidan qabul qilingan 
senat qonunlarini qattiq qoralab, Rull tarafdorlarini o'ldirib yuboradi. 
Kelgusi yili (59-yil) Tsitseron o'm iga Sezar konsul bo'lib saylan­
gach, senatning Rull proektiga juda yaqin bo'lgan yangi qonunlari 
qabul etiladi. Gabini va Pizonlar o'zlari konsul bo'lib ish boshlagan 
58-yilning dastlabki davrida Sitseronni Rimdan badarqa etish haqida

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin