shni bilishi uning o'ziga xos uslubidagi mahoratdan darak beradi. Ko'p ma'noli va ma'nodosh so'zlardan foydalanganda shu so'zlam i shevadagi variantlariga qiyoslash ham samarali foyda beradi. Ayniq- sa, notiq mavzuni o 'z so'zlari bilan (kitobiy emas) so'zlash mahorati- ni, egallagan bo'Hshi kerak. Ommabop nutqqa xos yana bir muhim jihat nutq jarayonida hayotiy misollardan foydalanish, ma'ruza o'qilayotgan joyning, hududning o'zidan kelib chiqadigan hayotiy misollardan foydalansa ayni muddao bo'ladi. Demak. notiq uchun 80
m as'uliyat og'ir. U Andijonda ma'ruza o'qiy-dim i qarshi yoki Buxo- ro. Xorazmda o'qiydimi o'sha hududning tashqi va ichki faktik mate rial lari ni aniq bilm og'i, agar bilmasa, o'sha “material lami” o'qib, eshitib o'rganm og'i darkor. Shuningdek, shu hudud bilan bog'liq rivoyat va afsonalardan o'rni bilan foydalanish nutqning yanada jozibali bo'lishini ta'minlab, tinglovchilarning e'tiborini oshiradi. Ayniqsa, nutqda m illiylik va mahalliy xususiyat saqlanishi muhimdir. Notiqlik san'ati turlari va shakllari Jamiyatda turli kasb egalari hamkorlikda ish olib borayotgani va ularning o'zaro bir-birlari bilan chambarchas bog'liq ekanligi taraq- qiyotimizni ta'minlaydigan omillaidan sanaladi. Shunga ko'ra turli soha va kasb egalari va guruhlariga qarab ularga mo'ljallah tuzilishi lozim bo'lgan nutq ham turlicha ko'rinishga ega bo'ladi. Shu bois notiqlik san'atida notiqlikning bir necha turlari mavjud. Jumladan: ijtimoiy-siyosiy notiqlik bunga davlat va jamiyat aha-miyatiga ega bo'lgan yig'inlarda, majlislarda o'qiladigan ma'ruzalar kiradi.