Biroq salomlashishning ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Bizda qadimdan amalidan qat'i nazar, o'zidan bir yosh bo'lsa ham katta kishilarni senlab gapirish odobsizlik sanalgan. Bim iki- mingga, mingniki-tumanga deganlardek, onda-sonda uchrasa-da ba'zi 10-15 kishiga rahbar bo'lib qolganlar o 'z qo'l ostidagilarga senlab muomala qilishi g'alati tuyuladi. Abu Lays As-Samarqandiy “Bo'ston ul-orifin” kitobida: ‘‘Ey farzand, salollohu alayhi vassallam kattami yo kichikmi, albatta sizlab murojaat etar edilar. Salollohu alayhi vassallamning har bir odatlari biz-mo'minlar uchun qonun bo'lm ogi shartdir” deb yozadi. Muhtaram Prezidentimiz 2006 yilni “Homiylar va Shifokorlar yili” deb atadi. Bunda juda katta ma'no bor. Chunki xalq sog' bo'lsa, taraqqiyot, o'sish, rivojlanish, qut-baraka, tinchlik va xotiijamlik bo'ladi. El to'q va farovon hayot kechiradi. Aslida yashashning mazmuni ham sog'liq va iqtisodiy farovonlikka bog'liq. Ma'lumki, yil sayin tabobat ilmi kuchaygani sari, kasallik turlari ham ko'payib bormoqda. Hozir qayoqqa qaramang, dorixonaga k o'zingiz tushadi. Dorilar ko'p, uni sotib olishga pul kerak. Kimlar- gadir bilinmas, ammo qo'l uchida kun kechirayotganlar uchun og'ir- lik qiladi. “Besh qo'l barobar” emas deganlaridek, hammaning ahvoli ham birday yaxshi bo'lib ketayotgani yo'q. Bu holat oldin ham bor edi, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Ajdodlarimiz qadim zamon- lardan beri arzon va hammabop dorini izlab keladilar. Ana shunday dori haqidagi fikmi ham bobokolonimiz Abu Ali ibn Sino topganlar. 92