Bir og'iz shirin so'z... qiziq, zamonaviy tibbiyot uskunalari, noyob chet el dori darmonlari ham ojizlik qilganda, shu bir og'iz shirin so 'z yoki muomala kasalga ruhiy dalda, jismoniy qudrat ba- g'ishlaydi. Chunki shirin muomala bosh miyaga ta'sir qiladi. Bosh miya esa inson tanasidagi borlig'ni boshqaradi. “Yaxshi so'z - jon o zig'i, yomon so'z bosh q ozig'i” deganlaridek, shifokor doimo shirin so 'z va muomala ustasi bo'lm ogi shart. Bir rivoyatda keltirilishicha, Luqmoni Hakim ko'chada keta- yotib, bir qizning dam-badam qon tuflab ketayotganini kuzatibdi. Hakim qiz izidan tushib, qaysi darvozaga kirganini ko'ribdida, qiz kirib ketgan darvozani taqillatibdi. Qizning otasi chiqib, tabibni tanib qolib uyiga taklif qilibdi. Suhbat orasida Luqmoni Hakim: “Qizingiz bedavo dardga chalinibdi, afsus muolajaning iloji. yo'q”, - debdi. Tabibning so'zlarini qiz eshik ortida eshitib turgan ekan. Birdan yuragi tez urib, yiqilibdi va xushidan ketibdi. Shu bir og 'iz so'z ta'sirida qiz ruhiy dardga uchrab vafot etibdi. Oradan ma'lum fursat o'tgach, qizning otasi tabibni uchratib qolib so'rabdi. - Taqsir, qizimning bedavo dardini qanday bilgandingiz? - deb so'rabdi. - Q izingiz ortidan kelayotib, uning qayta-qayta qon tuflaganini ko'rgandim.Bu javobni eshitgan ota peshonasiga urib: - E, attang, qizim o'sha kuni shotut egandi, siz ko'rgan tufuk shotut sharbatiku! Eh, attang?.. debdi. Shunda tabib choldan uzr so'rabdi. Shundan so'ng Luqmoni Hakim: - Bir so'z bilan soppa-sog' odamni o'ldirish yoki bemorni shirin so 'z bilan sog'aytirish mumkin ekan, degan xulosaga kelgan. Yunon tabiblari: “Dardni bilmasang, yaxshisi bemomi tinch qo'y” deb bekorga aytmagan ekanlar... Bugungi kunda beburd, bebosh, betayin