142
yillarga mo’ljallangan «Iqtisodiy o’z-o’zini ta’minlash 5 yillik rejasi» Yapon
iqtisodini asosini tashkil qiladigan xususiy korxonalar ekanligidan kelib chiqdi.
Bundan keyingi tuziladigan mamlakatni sotsial-iqtisodiy umumdavlat rejalari
Yaponiyaning
umummillat-iqtisodiy rejalashtirish shakliga aylandi.
Bozor munosabatlari sharoitida umumdavlat rejalashtirish yuzasidan
Frantsiyada ham qiziqarli tajriba mavjuddir. Ikkinchi jahon urushi tugashi bilanoq
hukumatni boshqargan general SH.De-Golь iqtisodni tiklash va rivojlantirish
yo’llarini qidira boshladi. SHuni ta’kidlash lozimki, 1946 yilgacha bozor sharoitida
rejalashtirish tajribasi yo’q edi.
Frantsuz iqtisodiyotini rejalashtirishning bosh markazi 1946 yilda reja
tuzishni tashkil qiladi. Frantsiyani birinchi davlat rejasi-«Mooneplani» 1947-1953
yillarga mo’ljallangan edi.
Sanoati rivojlangan ko’pchilik davlatlarni, ayniqsa, Osiyodagi Yangi
industrial davlatlarning iqtisodini tahlili shuni ko’rsatayaptiki, bozor va reja
nafaqat muvaffaqiyatli amal qilayapti, balki bir-biriga bog’liq bo’lib qolgan.
CHunki tadbirkorlikni va erkin raqobatni rivojlanishi uchun sharoit yaratgan bozor
mexanizmlarini shakllanishiga o’z ta’sirini o’tkazib turadi.
Bu sohada
Janubiy Koreyani misol keltirsa bo’ladi. Bu yerda dinamik va
qattiy rivojlanishni bozor modelini tuzishda davlat asosiy rolni o’ynaydi. 1963
yilda Janubiy Koreyada iqtisodiy rejalashtirish boshqarmasi tuzildi. Unga umumiy
iqtisodiy strategiyani ishlab chikish, rivojlanishni joriy shakllarini tuzish, Davlat
byudjetini tuzish va bajarilishini nazorat qilish, moliya resurslarini jalb qilish va
undan foydalanish siyosatini muvofiqlashtirish, tashqi davlatlar va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi vazifalar yuklatildi.
Keyin bu
Dostları ilə paylaş: