Strategik rejalashtirish quyidagi xususiyatlarga egadir: §Bir yildan oshiq bo’lgan o’rta va uzoq muddatli istiqbolga intilish;
§E’tiborni sotsial – iqtisodiy rivojlanishni ta’minlaydigan eng dolzarb
masalalarni hal etishga qaratish;
§Belgilangan vazifalarni resurslar hajmi va tarkibi bilan chambarchas
bog’lash;
§Rejalashtirilayotgan ob’ektga ta’sir qiladigan ko’pdan-ko’p tashqi omillarni
hisobga olish va ularni salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish
va hokazo.
Strategik rejalashtirishning mohiyatini uning jarayonlari belgilaydi. Ular
quyidagilardir:
§Strategik prognozlashtirish (ayrim tarmoqlarni va sohalarni rivojlantirish,
demografik prognozlar, sotsial prognozlar, davlat prognozlari, tashqi iqtisodiy
prognozlar, ekologik prognozlar);
§Strategik programmalash (strategik dasturlar loyihasi);
§Loyihalash (milliy iqtisodiyoti rivojlantirishni strategik rejalari loyihasi).
Uning mohiyati, strategik rejalar loyihasini ishlab chiqishdir.
Strategik rejalashtirish orqali, amalda strategik prognozlar, dasturlar loyihasi
va rejalar tuzish, bozor iqtisodiyotini belgilaydigan ob’ektiv qonunlarni o’rganish,
strategik rejalashtirishni ko’pgina muammolarini hal qiluvchi metodika va
metodologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish hamda uni amalga oshirish
imkoniyatlari yaratiladi.
Strategik rejalashtirish ob’ekti bo’lib xo’jalik sub’ektlarini milliy
iqtisodning tarkibiy elementlarini va butun mamlakatning milliy iqtisodini hozirgi
rivojlanishidan kelib chiqqan holda yaqin kelajakdagi va istiqboldagi faoliyati hisoblanadi.
Strategik rejalashtirish nazariyasining 3 muhim tamoyillari mavjud: 1. Sotsial – iqtisodiy. U sotsial iqtisodiy jarayonlarni rivojlanishini
ta’minlaydigan aniq qonuniyatlarni o’rganishdan iborat.
2. Strategik rejalashtirish metodologiyasi. U sotsial-iqtisodiy jarayonlarni
bilish quroli hisoblanadi.
3. Tashkiliy. U o’z ichiga strategik jarayonida qatnashadigan tashkilotlar
tizimini, uni aniq funktsiyalarini belgilash kabi ishni tashkil qilishni o’z ichiga
oladi.