144
Strategik rejalashtirish metodologiyasi quyidagi beshta muhim savolga javob
olish imkoniyatini beradi:
1.
Strategik rejalashtirish ob’ektlarini rivojlantirishni maqsadi;
2.
Prognozlar, dastur va rejalar ishlab chiqish jarayoni qanday ketma-
ktlikda bo’lishi lozimligi;
3.
Strategik prognozlar dastur va rejalar qanday bo’lishi kerak va ular
qanday talablarni qondirishi kerak;
4.
Strategik rejalashtirish ma’lum muammolarni hal qilishda qanday
yondashuvlardan foydalaniladi?
5.
Strategik prognozlar, dastur va rejalarni optimallashtirish qanday
metodlar va ko’rsatkichlar tizimi yordamida ta’minlanadi.
Boshqaruvni, demak, strategik rejalashtirishni har qanday muammosini hal
qilish o’z mantiqiga egadir.
Strategik rejalashtirishning mantiqi deganda
strategik rejalashtirishning barcha muammolarini hal qilishda tartibli ketma-ketlik,
o’zaro bog’liqlik va bajariladigan ishlarning asoslanganligini tushuniladi.
Strategik rejalashtirishning mantiqiy mazmuni uning quyidagi
tarkibiy
elementlarini yoritib beradi:
1.
Strategik rejalashtirish davrida sub’ektning maqsadini aniqlash va
shakllantirish;
2.
Strategik rejalashtirish erishilgan darajasini va tarkibini aniqlash, uni
tahlil qilish;
3.
Rejalashtirish davrida jamiyat talabining hajmi va tarkibini aniqlash;
4.
Rejalashtirish davrining boshlanishiga mavjud bo’lgan resurslar
hajmini va tarkibini aniqlash;
5.
Sotsial-iqtisodiy tarmoqlar talab va resurslarni muvozanatlashtirish,
bir-biri bilan bog’lash.
Strategik rejalashtirishning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning metodikasi
hisoblanadi.
Metodika – bu prognozlarni, strategik dasturlarni va rejalarni
reja
Dostları ilə paylaş: