Beshinchidan, qo’shma korxonalarni tashkil qilishda ko’maklashish, shuningdek
sarmoyalarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
Oltinchidan, tashqi savdo, lizing, konsalting va sug’urta firmalari, tashqi aloqalarni
rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar
tizimlarini vujudga keltirish.
Ettinchidan, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va
statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
Bundan tashqari, respublika fuqarolar va yuridik shaxslarning aqliy mulkini himoya
qilish uchun o’zimizning patent-litsenziya ishlari tizimini yo’lga qo’yish, zarur. Mahsulotni
standartlash va sertifikatlash xalqaro tizimiga izchillik bilan o’tish zarurdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning ata shu va boshqa yo’nalishlarini amalga oshirish O’zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o’rin egallash imkoniyatini beradi. SHunday qilib, mustaqillik tufayli O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirish va “ochiq iqtisodiyot”ga o’tish uchun barcha shart sharoitlar yaratildi.
Ochiq iqtisodiyot – bu shunday iqtisodiyotki, unda mamlakatning barcha fuqarolari
xalqaro tovar va kapital bozorida oldi-berdilarni cheklanmagan holda amalga oshirishlari
mumkin.
Xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqtisodiyot Yopiq iqtisodiyot deb ataladi. Jahon
tarixida shunday voqealar ham bo’lib turadi. Masalan, biror bir mamlakat u yoki bu sabablar
bilan o’z hududlari chegarasida o’ralashib qolgan bo’ladi va xorijiy davlatlar bilan juda kam
ayriboshlash qiladi. Masalan, Sobiq SSSRda urushgacha bo’lgan davrda shunday bo’lgan.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda mutlaq Yopiq iqtisodiyot mavjud emas.
Ochiq iqtisodiyot qurishning asosi bo’lib xalqaro mehnat taqsimoti, mamlakatning jahon
xo’jalik aloqalarida keng qatnashishi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanish tajribasi shuni ko’rsatadiki, faqatgina mamlakatlararo iqtisodiy
aloqalar, kapital va tovar ayriboshlash bozor iqtisodiyotiga o’tishni va uning sur’atlarini
ta’minlaydi.
Amaliyot ochiq iqtisodiyoting baholash mezonini ham aniqlab bergan.
1. Tashqi savdo oborotini rivojlanish darajasi mamlakatda iqtisodiy o’sishni
rag’batlantiradi. Bunga eksport va import aloqalarini kengaytirish yo’li bilan erishish
mumkin.
2. Xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish mamlakat ishlab chiqarish tarkibini tashkil qiladi
va takomillashtiradi. Bu o’z navbatida mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan samarali
va arzon tovarlar ishlab chiqarishga e’tiborni qaratishga undaydi.
151
Pirovard natijada iqtisodiyotning ochiqligi bu mamlakatni jahon iqtisodiyoti bilan erkin