157
chegaralaydigan liberalizatsiya printsiplarini xayotga tadbiq qilishni ta’minladi va tashqi
iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni va boshqarishni bozor instrumentlarini (dastaklarini)
rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
·Tashqi savdoni liberizatsiyalash;
·Eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvining ustuvorligini ta’minlash;
·Tashqaridan respublikamizga sotib olinadigan(import) maxsulotlar ro’yxatini maqsadga
muvofiq ravishda ishlab chiqish va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda
funktsional tashkilotlar ham muhim rolь
o’ynaydi. Bu tashkilotlarga iqtisodiyot va statistika vazirliklari, Moliya vazirligi, Davlat Soliq va
bojxona qo’mitalari, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu
tashkilotlarning har biri o’z mas’uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning
natijasi uchun javobgardir.
Iqtisodiyot vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni
amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar
vositasida ko’tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va
tavsiyalarni tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: