O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə169/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Fan-texnika hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim shakllaridan biridir.
Respublikada hal qilinayotgan strategik vazifalar jahon hamkorligida ilmiy-izlanish,
laboratoriya va ishlab chiqarishda ishtirok etish kabi shakllarda faol olib borilishi kerak.
Jahon tajribasi bunday hamkorlikning turli shakllarini ishlab chiqqan:
1. Hamkorlikda fundamental va Amaliy ishlanmalarni olib ata va ularning natijalarini
almashinish;
2. Ilmiy texnika imkoniyatlarni birlashtirib hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil qilish;
3. Muhim umuminsoniy muammolarni hal qilishda ilmiy-texnika jamaotchiligi vakillarini
xalqaro konferentsiyalarda, simpoziumlarda qatnashishi;
4. Texnologik yutuqlar, axborotlar va hokazolar bilan ayriboshlash hamkorligida
qatnashish;
5. Kadrlar, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda qatnashish.
Yuqorida qayd etib o’tilgan hamkorlikni hayotga tadbiq qilish respublikaning intellektual va
iqtisodiy salohiyatini o’stirishga xizmat qiladi hamda jahon iqtisodiy hamjamiyatida respublika
reytingini sezilarli oshirishga sharoit yaratib beradi.
Xalqaro turizm. O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyo mamlakatlari o’rtasida eng ata
sayyohlik salohiyatiga ega bo’lgan davlatdir. Yurtimiz o’zining tarixiy maskanlari, Buyuk Ipak
yo’lining rivojlanishini o’ziga aks ettiradigan ko’p asrlik tarixiy va madaniy 4 mingdan ziyod
tarixiy-arxitektura yodgorliklari bo’lgan boy merosga egaligi jihatidan dunyoda yetakchi
o’rinlardan birini egallaydi.
Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Qo’qon kabi qadimiy madaniy yodgorliklarga boy
shaharlar butun dunyoga mashhur. Bu azim shaharlar betakror tarixiy qiyofasi bilan har qanday
odamni maftun etadi. Hozirgi vaqtda Respublikamizning betakror tarixiy, arxitekturaviy
tizimlari va yodgorliklari bilan tanishtirishga yo’naltirilgan, O’zbekistonning barcha hududlari
bo’ylab yuzdan ortiq sayyohlik yo’nalishlari tashkil etilgan bo’lib, bu tarixiy ob’ektlarning 140
tasi BMTning YuNESKO tashkiloti tomonidan muhofazaga olingan.
Mamlakatimizdagi mavjud rekreatsion imkoniyatlar turistik yo’nalishlarning har xil
turlarini tashkil ata va sayyohlarni yil davomida qabul qilish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentini 2007 yildagi farmoniga binoan, turistik tashkilotlar
negizida “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil etildi. “O’zbekturizm” MK O’zbekiston
Respublikasida turizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni, xarakatlarni
amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Bu tashkilot barcha turlarini rivojlantirish uning moddiy-texnik bazasini va infrastrukturasini
vujudga keltirish turistlarga xizmat ko’rsatish darajasini jaxon andozalariga ko’tarish, chet el
valyutasi tushumini ko’paytirish, Respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklar haqidagi
ma’lumotlarni jahonga yoyish, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash, yangi ish joylarini tashkil
etish kabi qator masalalar bilan shug’ullanadi.


155


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin