164
islohotlarini tezlashtirishga intilish, integratsion jarayonlardan chetda qolmaslik
kabi xususiyatlarni qayd yetib o’tish kerak.
Integratsiyaning eng muhim umumiy iqtisodiy tavsifi quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiy jarayonlarni davlatlararo miqyosda yo’lga qo’yish.
2. Bir-biridan u yoki bu darajada mustaqil hisoblangan milliy xalq xo’jalik
majmualari o’rniga umumiy mutanosiblikka, umumiy qayta ishlab chiqarish
tizimiga yega bo’lgan biron mintaqaviy internatsional majmuani asta-sekin
shakllantirish.
3. Mintaqa doirasida mahsulotlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslarning
davlatlararo harakati uchun hududiy sharoitlarni kengaytirish hamda bunday
harakatga monelik qiluvchi ko’pdan-ko’p ma’muriy va iqtisodiy g’ovlarni bartaraf
yetish.
4. Integratsion birlashmalarda qatnashuvchi davlatlarning ichki iqtisodiy
shart-sharoitlarini bir-biriga yaqinlashtirish, ularning iqtisodiy rivojlantirish
darajalarini tenglashtirish.
Odatda, u yoki bu jo’g’rofiy mintaqa, unda joylashgan qo’shni mamlakatlar
shunday integratsion birlashmalarning asosiy o’zagini tashkil etadi.
Hozirda qariyb 100ga yaqin mintaqaviy tashkilotlar va 70mingdan oshiq
millatlararo korporatsiyalar mavjud.
Dostları ilə paylaş: