165
parlamenti, Yevropa komissiyasi, YeXHT kabilar) faoliyatida yaqqol namoyon
bo’layapti.
Xalqaro integratsion aloqalarning yo’lga qo’yilishi a’zo mamlakatlarning
xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun moddiy, moliyaviy, mehnat, ilmiy-texnik va
innovatsion resurslardan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish
imkoniyatlarini ham yaratadi. Bundan tashqari, milliy
bozorlarning yaqinlashishi
va qo’shilib ketishi natijasida tovar ishlab chiqaruvchilari
miqyos samarasidan
foydalanadilar, ijtimoiy va ekologik muammolarni birgalikda hal etish
imkoniyatlari yuzaga keladi.
Jahon iqtisodiyoti rivojidagi keyingi davrda mehnat taqsimotining yanada
chuqurlashishi, axborot almashish tezligining ortishi va ko’lamining kengayishi,
aloqa va transport xizmatlarining baynalminallashuvi integratsion aloqalarni yangi,
sifat bosqichiga olib chiqmoqda.
Hozirgi davrga kelib, jahon iqtisodiyoti milliy xo’jaliklar va mintaqaviy
integratsion birlashmalarning ma’lum ma’noda
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar,
transmilliy kompaniyalar, moliya-sanoat guruhlari hamda milliy hukumatlar
tomonidan tartibga solinadigan munosabatlari tizimidan iborat bo’lmoqda.
Iqtisodiyotning baynalminallashuvi, jahon bozorlarining shakllanishi, milliy
xo’jaliklarning bir-biriga yaqinlashishi va qo’shilib ketishi ob’ektiv tarixiy
mazmun kasb etayapti.
O’tgan asrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar
jadal rivojlandi va milliy
xo’jaliklarning taraqqiyot yo’nalishlariga jiddiy ta’sir ko’rsata boshladi. Tovar va
xizmatlar savdosi, kapital chiqarish va kiritish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi,
ilmiy-texnika hamkorligi va ishchi kuchi migratsiyasi kabi yo’nalishlarni qamrab
olgan tashqi iqtisodiy aloqalar miqdor va sifat jihatidan keskin o’sdi, ishlab
chiqarishning mujassamlashuvi va baynalminallashuvi doirasi kengaydi. Ayniqsa,
Dostları ilə paylaş: