168
mexanizmi esa, mantiqiy ketma-ketlikda bosqichma-bosqich shakllanadi.
Integratsion munosabatlarning amal qilishi asosan
quyidagi shakllarda namoyon
bo’ladi:
- tovar va xizmatlar xalqaro savdosi;
- ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik;
- xalqaro ilmiy-texnika hamkorligi;
- mintaqaviy integratsion birlashmalarning shakllanishi va rivojlanishi.
Xalqaro savdo dunyodagi barcha mamlamkatlarning tashqi savdosini qamrab
oluvchi jamlama tushuncha bo’lib, xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasi
hisoblanadi. Bu bozorda xaridor va sotuvchilar sifatida davlat, davlat korxonalari,
transmilliy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, alohida jismoniy
shaxslar faoliyatda bo’lishi mumkin.
Mamlakatlar o’zaro integratsion aloqalarining asosini
tovar va xizmatlar
savdosi tashkil etadi. SHu sababli ular mazkur savdo aloqalarini erkinlashtirish,
o’zaro qulay savdo shart-sharoitlari yaratish, protektsionistik vositalarga barham
berish, tarifli savdo tartibini takomillashtirib borish, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo
bo’lish kabilar orqali integratsion munosabatlarini tartibga solish va
rag’batlantirishga harakat qiladilar.
Integratsiyaning muhim mexanizmlaridan yana biri ishlab chiqarishni tashkil
etish, boshqarish va takomillashtirishdagi
xalqaro hamkorlik hisoblanadi. Buning
asosida alohida tovarlar guruhi, tovar yoki tovar qismini ishlab chiqarishda tarmoq
va tarmoqichi ixtisoslashuvi yotadi. Boshqacha aytganda, u yoki bu mamlakat
yuqori mehnat unumdorligiga erishish, iqtisodiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish
va xarajatlarini imkon qadar kamaytirish uchun muayyan ishlab chiqarish
yo’nalishiga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarish sohasidagi
xalqaro hamkorlikning
Dostları ilə paylaş: