O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org
integratsion aloqalarni shakllantirgan. Integratsiya – yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’lanadi. Ulardan birinchisi,
mintaqa, ikkinchisi, xalqaro miqyosdagi integratsiyadir. Integratsiyaning ana shu
ko’rinishlari o’zaro to’ldiruvchanlik xususiyatiga ega. Mintaqaviy va xalqaro
integratsiyadan maqsad iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mamlakatlarning
manfaatlarini yanada kengroq ro’yobga chiqarishdan iboratdir.
Mamlakatlarning geografik joylashgan o’rni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasi va shu kabi boshqa omillar integratsiyaning samaradorligiga ta’sir
ko’rsatadi. SHu jihatdan integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, mintaqaviy
integratsiyani ustun takomillashtirib boradilar. Bunga Yevropa Ittifoqi, SHimoliy
Amerika erkin savdo hududi (NAFTA), Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi,
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi(MDH) va boshqalarni misol qilib ko’rsatish
mumkin.
Mamlakatlarning mintaqa miqyosida integratsiyalashuvi orqali xalqaro
integratsiya rivojlanib borishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilib boriladi.
CHunki, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro savdo mintaqaviy integratsiyaning rivoji
uchun asos bo’lgani singari, mintaqaviy integratsiya ham xalqaro integratsiya
rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Mintaqaviy doirada integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, o’zaro
tashqi savdoni cheklashga qaratilgan kvota kabi to’siqlarni bartaraf qiladilar.
SHundan so’ng, yagona bojxona tizimi shakllanadi, mintaqaviy integratsiyaga a’zo mamlakatlar uchun bir xil boj stavkalari joriy etilib, uning to’la amal qilishiga erishiladi. Bu jarayon mamlakatlardagi ishlab chiqarishning
rivojlanishini yanada rag’batlantirish uchun, soliq tizimidagi imtiyoz va turli
cheklovlarni bekor qilish maqsadida, integratsion hududga kiruvchi davlatlarda
soliq stavkalaring yaqinlashtirilishini ham taqozo etadi.