integratsion aloqalarning faollashuviga olib kelmoqda. Jahon tajribasi shuni
ko’rsatadiki, hududiy integratsiya tashkilotlariga a’zo mamlakatlarning
globallashuv sharoitlariga moslashishi, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan
foydalanish samarali tarzda kechmoqda. SHu sababli O’zbekiston Respublikasi
turli xalqaro va hududiy integratsion tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish orqali
mamlakatimizda mavjud tabiiy-iqtisodiy, mehnat va moliyaviy resurslardan,
xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, jahon xo’jalik
tizimida o’ziga xos o’rin egallashga harakat qilmoqda. Mustaqillik yillarida
O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi
xalqaro va hududiy integratsiya tashkilotlariga a’zo bo’lib kirdi. Bu esa
respubdikamiz uchun dolzarb hisoblangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal
etishga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston uchun Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida
mustahkam hamkorlik munosabatlari shakllangan. Mamlakatlar iqtisodiyoti asosiy
va yetakchi tarmoqlarining o’xshashligi, ularning yaxlit hududiy birlikka ega
ekanligi, suv va energetika manbalarining yagonaligi va ulardan birgalikda
foydalanish zaruriyati, yagona transport va kommunikatsiya tizimining mavjudligi,
ekologik muammolarning o’xshashligi mintaqa respublikalari o’rtasidagi iqtisodiy
aloqalarning doimiy bo’lishini ta’minlaydi. Mintaqa xalqlarning diniy, madaniy,
til, urf-odat, an’ana va ma’naviy birligi esa hamkorlik aloqalarining yanada
chuqurroq va har tomonlama bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunga
kelib mustaqillikni mustahkamlash, iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy
qilish va jahon iqtisodiyoti tizimida o’z o’rnini egallash g’oyalari Markaziy Osiyo
mamlakatlarining iqtisodiy, ma’naviy va intellektual salohiyatlarini birlashtirishni
taqozo qilmoqda.
Mintaqa davlatlari orasida o’zaro manfaatdorlik va ixtiyoriylikka asoslangan
hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish barcha respublikalarda makroiqtisodiy
barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim shartlardan biridir.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari tomonidan mintaqa mamlakatlari
o’rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan qator chora –
tadbirlar amalga oshirildi.
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Respublikalari o’rtasida 1994 yil
aprelda yagona iqtisodiy hududni barpo etish to’g’risidagi shartnomaning
imzolanishi mintaqada o’zaro hamkorlik aloqalari va integratsion jarayonlarni
rivojlantirish bo’yicha qo’yilgan jiddiy amaliy qadam bo’ldi. Bu shartnomani
imzolashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi
kuchining mintaqa bo’ylab erkin harakatini ta’minlash, kelishilgan soliq, byudjet,
narx, bojxona va valyuta siyosatini yuritishdan iborat edi.
172
Mintaqa davlatlari rahbarlari 1996 yil 5 aprelda yoqilg’i energetika va suv
resurslaridan foydalanish, Markaziy Osiyo mintaqasida gaz quvurlarini qurish va
ishga tushirish to’g’risidagi bitimga imzo chekdilar.
Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’iziston 1998 yil 17 martda Sirdaryo
havzasining suv–energetika resurslaridan foydalanish to’g’risidagi uzoq muddatli
shartnomani imzoladilar. Bir yildan so’ng bu shartnomaga Tojikiston ham
qo’shildi va 1998 yil 26 martda mazkur respublika va Yagona iqtisodiy hudud
to’g’risidagi shartnomaning to’laqonli a’zosiga aylandi.
Mazkur yilning o’zida ushbu “to’rtlik” davlatlari Markaziy Osiyo iqtisodiy