150
- umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro tartiblarga
izchillik bilan o’tish.
Butun tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqelarini
mustahkamlashga, uning to’lov balansini kuchaytirishga, qulay investitsiya muhitini vujudga
keltirilishiga qaratilgandir.
Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagilar ustuvor yo’nalish
deb belgilanadi:
Birinchidan, respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash,
eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish.
Ikkinchidan, eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun,
avvalo, qimmatbaho xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor maxsulot ishlab chiqaruvchi
qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur.
Uchinchidan, eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo’llash bilan bir
qatorda importning salmog’ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o’tkazish.
To’rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini
yurituvchi sub’ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o’rnatishda, o’z mahsulotini chet
ellarda sotishga erkinlik berish.
Dostları ilə paylaş: