Ko’rsatkichlar tizimi va strategik rejalashtirish metodlari. Prognozlashtirishda, dastur va rejalarni tuzishda ko’rsatkichlar tizimidan
keng foydalaniladi. Faqat ko’rsatkichlar tizimi orqali strategik rejalashtirishni
mantiqi, printsiplari va metodologik yondashuvlarini amalga oshirilishi mumkin.
Ko’rsatkich, deb xozirgi zamon hisoboti va statistikasida jamiyatdagi
sotsial-iqtisodiy voqelik va jarayonlarni miqdor va sifat jihatidan tavsiflash
tushuniladi.
Ko’rsatkich tizimi quyidagi 4 guruhga bo’linadi:
1. Miqdor va sifat ko’rsatkichlari
2. Tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko’rsatkichlar
3. Natural va qiymat ko’rsatkichlari
4. Absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar
Ularni yana boshqacha tizimga ham bo’lish mumkin:
- umumiy rejalashtirishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar tizimi;
- mamlakatni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda, davlat byudjetida
foydalaniladigan ko’rsatkichlar;
- federatsiya sub’ektlarini rivojlanishini va mahalliy byudjetni rejalashtirishda
foydalaniladigan ko’rsatkichlar;
- ayrim tarmoqni rivojlantirishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar tizimi;
- korxona, birlashma, tijorat tashkilotlarini rivojlantirish pronozlarini,
dasturlarini va rejalarini tuzishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar tizimi.
Strategik rejalashtirishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar ma’lum talablarga javob berishi lozim: 1. Rejalashtirishning ma’lum darajasi uchun ko’rsatkichlarni majburiyligi va
ularning birligi.
2. Reja ko’rsatkichlari statistika ko’rsatkichlari bilan mos kelishi kerak.
3. Ko’rsatkichlar ma’lum o’lchov birligida o’lchanadigan, ifodalanadigan
bo’lishi kerak.
4. Ko’rsatkichlar tizimi rejalashtirilayotgan ob’ektini barcha qirralariga
kompleks xarakteristika bera oladigan bo’lishi kerak.
5. Ko’rsatkichlar bukiluvchan, egiluvchan bo’lishi, rejalashtirilayotgan
ob’ektlar holatini barcha o’zgarishlarini aks ettira oladigan bo’lishi kerak.
6. Ko’rsatkichlar tizimi reja topshiriqlarida bajaruvchilar aniq ko’rsatilgan,
ya’ni adresli bo’lishi kerak.
146
7. Ko’rsatkichlar mahsuldorlikni, samaradorlikni o’sishiga undashi kerak.
8. Ko’rsatkichlar tizimi son jihatdan chegaralangan bo’lishi lozim.
O’zbekistonda sotsial-iqtisodiy rivojlanishni strategik rejalashtirish va
samarali boshqarishni zarur sharti bo’lib maxsus tashkilotlar tizimining mavjudligi
hisoblanadi. Ana shu tashkilotlar tizimida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot