O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


XII BOB. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə195/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

XII BOB. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


REJA:
§
1. Rivojlangan mamlakatlarning guruhlanishi va o’ziga xos xususiyatlari
§
2. Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalar
12.1. Rivojlangan mamlakatlarning guruhlanishi va o’ziga xos xususiyatlari
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari
hisoblanadi. Bu mamlakatlar “rivojlangan” yoki sanoat jihatidan taraqqiy etgan mamlakatlar deb
ataladi.
Rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardan biri daromadlarning aholi
qatlamlari o’rtasida nisbatan tekis taqsimlanishi va mamlakat hududining bir tekis o’zlashtirilishi
hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo’naltirilganligi, xususan
aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlash, ilm-fanni rivojlanishga katta
miqdorda mablag’ sarflash (YaIMga nisbatan 2-3%) uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy
etilishi, tibbiyot, ta’lim, madaniyat sohalariga sarflanayotgan xarajatlarning yuqoriligi va atrof-
muhit muhofazasiga ajratilayotgan sarf-xarajatlarning (YaIMga nisbatan 3-4%) yuqoriligi bilan
ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rni quyidagi miqdor va sifat
ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi:
1. Miqdoriy ko’rsatkichlar
24
:
- sanoat ishlab chiqarishi 57%
- qishloq xo’jaligining 40% i mamlakat hissasiga to’gri keladi.
2. Sifat ko’rsatkichlar:
- iqtisodiyotning ko’p tarmoqli tarkibga egaligi, xizmatlar sohasi YaIMda 60%dan
ortiq
- tayyor mahsulot ishlab chiqarish 80%
- ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va yuqori texnik mahsulotlar 90%
- aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM hajmi 15ming dollardan 38ming dollargacha
- jamiyatning ijtimoiy tarkibida tabaqalashuv darajasining pastligi va yuqori turmush
darajasiga ega o’rta sinf mavjudligi.
XX1 asr boshlarida bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhi G’arbiy Yevropa,
SHimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan qirqqa yaqin mamlakatlarni o’z
ichiga oladi. Ularning 34 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) a’zolari. Ushbu
mamlakatlarni jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga qarab 3 guruhga bo’lish mumkin.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin