O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə198/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Pitsburg sammiti. Pitsburg sammitida ishonchli, barqaror va muvozanatlashgan o’sishni
ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora – tadbirlarni belgilab beruvchi cheklangan
kelishuvlar qabul qilindi. CHeklangan kelishuvlarni amalga oshirish mehanizmi o’zida a’zo
mamlakatlar tomonidan iqtisodiy siyosat masalalarini o’zaro baholashni bildiradi.
Toronto sammiti. Ushbu sammitda keng miqyosda islohotlarni amalga oshirish
muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosat yurtishni talab etishi va o’rta muddatli istiqbolda
quyidagilarga erishish mumkinligi taьkidlab o’tildi:
- jahon ishlab chiqarish hajmini 4 trln AЌSH dollariga yetkazish;
- 52 mln ishchi o’rnini yaratish;
- 90 mln kishini kambag’allik holatidan olib chiqish;
- Joriy operatsiyalar schyotidagi global manfiy muvozanatni qisqartirish.
“20 guruhi”ning rivojlangan mamlakatlari 2013 yilga borib davlat byudjeti kamomadini 2
barobarga qisqartirish va 2016 yilgacha davlat qarzining YaIM dagi ulushini barqarorlashtirish
majburiyatini olishdi.
Seul sammiti. Seul sammitida makroiqtisodiy va valyuta siyosatini birgalikda olib boorish
zarurligi taьkidlandi. CHunki moliyaviy inqirozning chuqurlashuvi valyuta-moliya sohasida
qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, AЌSH Xitoyni yuan kursini sunьiy ravishda
pasaytirishda ayblasa, Xitoy va Yevropa Ittifoqining baьzi mamlakatlari AЌSHning
iqtisodiyotga qo’shimcha 600mlrd. dollar mablag’ sarflaganini tashqi savdodagi hamkor
mamlakatlarning valyutalariga nisbatan dollar kursini pasaytirishga yo’naltirishda aybladi.
“20 guruhi” mamlakatlari Seul sammitida bozor orqali belgilanadigan valyuta kurslari
tizimini o’rnatish yordamida barqaror iqtisodiy o’sishni taьminlash, moliya bozorlari
barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan makroiqtisodiy siyosat yuritish majburiyatini olishdi.
Parij sammiti. Ushbu sammitda barqaror global tengsizliklarni bartaraf etish maqsadida
quyidagi ko’rsatkichlarni tanlab olishga kelishildi:


182
-ichki makroiqtisodiy siyosat ko’rsatkichlari- byudjet kamomadi, davlat qarzining hajmi,


xususiy jamg’armalar darajasi, xususiy qarz miqdori;
-tashqi iqtisodiy ko’rsatkichlar-savdo balansining holati, investitsiyalardan keladigan
daromadlarning sof oqimi, bir tomonlama o’tkazmalar.
Ќayd etib o’tilgan ko’rsatkichlar dinamikasi soliq, byudjet, pul-kredit, valyuta kursi
siyosatini baholashda asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Parij sammiti qatnashchilari
xalqaro valyuta tizimini mustahkamlashga qaratilgan ishchi dasturni qabul qilishdi.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy-siyosat maktablarida to’plangan boy tajriba, g’oya va
dastaklarni mavjud iqtisodiy xolat va iqtisodiy rivojlanish modeli xususiyatlariga mos ravishda
samarali qo’llashga harakat qilishadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin