O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə200/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Yapon modeli – iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini shved modelining yana bir
ko’rinishi sifatida keltirish mumkin. Yapon modeli tartibga solinuvchi “korporativ kapitalizm”
modeli hisoblanadi. Bunda xususiy kapitalni jamg’arish imkoniyatlari davlatning iqtisodiy
rivojlanishini dasturlash, tarkibiy, investitsiya, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat sohalaridagi
faol roli bilan uyg’unlashib ketadi. Tadbirkorlik sektorida davlatning ulushi yuqori bo’lmaydi.
Davlat asosiy eьtiborni uzluksiz kasbiy tayyorgarlik orqali ishchi kuchining malakasini
oshirishga qaratadi.
Rivojlangan mamlakatlarning rivojlanishida globallashuv jarayoni yetakchi tendentsiya
hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning eksport kvotasi, kapital qo’yilmalar tarkibida to’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalar ulushi, ishchilar tarkibida horijlik ishchilar ulushi, intellektual mulk
savdosining hajmi ortib bormoqda. AQSH va Yaponiya eksportining geografik tarkibida


183
rivojlangan mamlakatlarning ulushi taxminin 50 % ni tashkil eadi. Keyingi yillarda ushbu


mamlakatlar tashqi iqtisodiy geografiyasida rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti
mamlakatlarining ulushi ortib bormoqda. Globallashuv natijasida rivojlangan mamlakatlarning
o’zaro bir-biri bilan iqtisodiy bog’liqligidan tashqari, boshqa mamlakatlarga ham ortib
bormoqda.
Rivojlangan mamlaktlarning iqtisodiy rivojlanishida yana bir muhim tendentsiya
integratsiya hisoblanadi. Jahonning yetakchi davlatlari o’rtasida iqtisodiy munosabatlar faol,
integratsion guruhlar va ularning a’zolari o’rtasida yanada jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi muhim jihatlaridan biri
iqtisodiyotga davlat aralashuvining kamayishi, iqtisodiyotning erkinlashish jarayonidir.
Birinchi jahon urushidan XX asrning 80-yillariga qadar rivojlangan mamlakatlarda davlat
tomonidan iqtisodiyotga aralashish darajasi davlat harajatlari va iqtisodiyotda davlat sektori
ulushining o’sishi shaklida jadal sur’atlarda ortib bordi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv va
integratsiya jarayonlarining chuqurlashishi natijasida aksariyat rivojlangan mamlakatlarda davlat
xarajatlarining YaIM dagi ulushi qisqarib bordi. Bundan tashqari, hususiylashtirish, transport,
aloqa, energetika, kommunal xo’jalik kabi tarmoqlarda davlat mulkini hususiy kompaniyalarning
boshqaruv ixtyoriga topshirish boshlandi.
XXI asrning boshlariga kelib rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibi postindustrial
tarkibga ega bo’la boshladi. Iqtisodiyot tarkibida birlamchi (qishloq xo’jaligi, qazib olish,
o’rmon, baliqchilik), ikkilamchi tarmoqlar (sanoat, qurilish) qisqargani xolda uchlamchi
tarmoqlar (xizmatlar sohasi) ulushi osha boshladi. XX asrning birinchi yarmida transport, savdo
maishiy xizmat, ta’lim iqtisodiyotning asosiy xizmatlar sohasidagi tarmog’iga aylangan bo’lsa,
ikkinchi jahon urushidan keyin xizmatlar ijtimoiy soha – ta’lim, fan, sog’liqni saqlash, jismoniy
tarbiya va sport, madaniyat, san’at, uy-joy kommunal xo’jaligi ijtimoiy ta’minot hisobiga
keyinchalik esa moliya xizmatlari, axborot-kommunikatsiya xizmatlari hisobiga jadal rivojlandi.
Rivojlangan mamlakatlarda moliya sektori iqtisodiyot holatini ifoda etuvchi asosiy indikatorga
aylanib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat xarajatlarining ortishi byudjet taqchilliga va davlat
qarzlarning vujudga kelishiga olib keldi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida davlat qarzi
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50% dan oshadi, 2012 yilda Gretsiya, Italiya, Islandiya,
Belgiyada 100%lik ko’rsatkichlardan oshib ketdi. Ushbu mamlakatlarda inflyatsiya darajasi
o’zgarib turibdi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin