184
Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalar
BMT ekspertlarining fikricha Transmilliy korporatsiyalar (TMK) “Jahon
iqtisodining
dvigatellaridir”. 100ta eng yirik xalqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy
mulki) boshka davlatlar hududida joylashgan. Transmilliy korporatsiyalarning asosiy kismi
AKSH, YeI davlatlari,
Yaponiya, Rossiyada joylashgan. TMK jahon sanoat ishlab chikarishining
40%igacha, xalkaro savdoning yarmini nazorat kiladilar. TMK korxonalarida ishlab chikarilgan
mahsulotlarning miqdori yiliga 1 trln. Doll.dan oshib ketadi.
Xush,
transmilliy korporatsiyalar nima, ularga qanaqa kompaniyalar kiradi? An’anaviy
ravishda xalqaro korporatsiyalar faoliyatini o’rganadigan BMT
uzoq vaqt mobaynida ularga
yillik aylanmasi 100 mln. doll.dan oshuvchi va kamida 6 davlatda filiali bo’lgan firmalarni
qo’shadi. Keyingi yillarda boshqa bir ko’rsatkich: rezident-davlatdan tashqarida sotilgan
mahsulotlar miqdori kiritildi. Bu ko’rsatkich bo’yicha jahonda SHveytsariyaning “Nestle”
firmasi (98%) ilg’orlardan biri sanaladi.
BMT metodologiyasiga ko’ra xalkaro korporatsiyani uning aktivlari strukturasiga qarab ham
aniqlash mumkin. Transmilliy korporatsiyalar ichida eng ko’p xorijiy aktivga (moliya
sektori-
transmilliy banklardan tashkari) Angliya-Gollandiya kontserni “Royalь-Datch shell”, keyin
AKSHning 4 firmasi: “Ford”, “Jeneral motors”, “Ekson” va “IBM” egadirlar.
G’arb iqtisodiy adabiyotida xalkaro monopoliyalarning ko’plab turlarini uchratish mumkin:
ko’pmilliy korporatsiyalar, baynalmilal korporatsiyalar,
Transmilliy korporatsiyalar, global
korporatsiyalar ti .k. F.Kotler tashkiliy tamoyillar asosida aynan ti shunday xalkaro
kompaniyalarni ko’rsatadi.
Rossiyalik iqtisodchilar quyidagi klassifikatsiyani beradilar.
Dostları ilə paylaş: